Islom Karimov nomidagi


- rasm. Faollashtirilgan ko`mir (adsorbent) ning turli ko`rinishi



Yüklə 283,99 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü283,99 Kb.
#167685
1   2   3   4
ekologiya

1- rasm. Faollashtirilgan ko`mir (adsorbent) ning turli ko`rinishi.
Amalda desorbsiyani 2 yo`l bilan amalga oshirish mumkin:
1. Haroratni oshirish yo`li bilan. Bunda yutib olingan modda (gaz, bug’,
suyuqlik) qattiq jism tarkibidan to`liq ajralib chiqishi mumkin.
2. Yutadigan zaharli modda bosimini kamaytirish yo`li bilan.
Zaharli gaz, suyuqlik va bug’larni o`ziga yutib oluvchi moddalarni
adsorbentlar yoki sorbentlar deyiladi. Adsorbentlar sifatida faollashtirilgan ko`mir
(masalan, gaz tozalash moslamalar (protivogazlar)da ishlatiladigan ko`mirlar),
silikagellar, sintetik seolitlar (alyumosilikatlar), polimer pardalari va tolalari, qum, shag`al, kukunsimon va donador materiallar va boshqa moddalar ishlatiladi. Sanoatda adsorbsiya usuli gazlarni turli zaharli modddlardan tozalash uchun
qo`llaniladi. Adsorbsiya usuli yordamida changli havo aralashmalaridan havoni
tozalab olish mumkin. Bundan tashqari, adsorbsiya usuli yordamida ba`zi bir qimmatbaho moddalarni ushlab qolib, boshqa qolgan moddalarni texnologik jarayonga qaytarish mumkin.
Har bir adsorbentning “yaxshi” yoki “yomonligi” adsorbsiya kattaligi (a) orqali aniqlanadi. Adsorbsiya kattaligi [g/100g] yoki [mol’/100g] o`lchov birligi bilan o`lchanadi. Buning ma`nosi shundan iboratki, u 100 g adsorbent necha gramm gaz yoki suyuqlikni o`ziga yutib olganini ko`rsatadi. Adsorbsiya kattaligining qiymati
qancha katta bo`lsa (amax), demak adsorbent sifatida qo`llanilgan modda shuncha “yaxshi” adsorbent hisoblanadi.
Adsorbsiya kattaligi adsorbent va sorbat (yutiladigan modda) ning kimyoviy tarkibiga, xossalariga va tashqi omillari (bosim va harorat) ga bog’liq bo`ladi. Adsorbsiya kattaligining tozalanayotgan xavo yoki gaz tarkibidagi zaharli moddaning bug’ bosimiga va haroratiga bog’liqligi quyidagi adsorbsiya izotermalari tenglamasi yordamida hisoblanadi:

bu yerda a - adsorbtsiya kattaligi, g/100g;

Yüklə 283,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin