Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektronika va avtomatika fakulteti



Yüklə 220,75 Kb.
tarix29.12.2021
ölçüsü220,75 Kb.
#48305
mustaqil ish tarix


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA

UNIVERSITETI

ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI



ABDUQODIROV IZZATJON G’ULOMJON O’G’LI NING

O’ZBEKISTONING ENG YANGI TARIXI FANIDAN

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIK DEKLORATSIYASI

MAVZUSIDA YOZGAN



MUSTAQIL ISHI



Bajardi:Abduqodirov I. Qabul qildi:Shonazarov Q.

Reja:

1.Kirish

2.Mustaqillik Dekloratsiyasi

I.O’zbekiston Mustaqillikka erishish arafasida

II.Mustaqillik Dekloratsiyamizning qabul qilinishi

3.Xulosa

Kirish

Asrlar davomida olib borilgan ozodlik kurashlari natijasida O’zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda oz Mustaqilligini e’lon qilishi butun O’zbekistonliklar kongliga yangi hayot umidini baxsh etdi.Axir Asrlar davomida kutilmagan edimi bu?Dunyoni ozgartirishni istagan xalqimizni savodli qilish yolida Jadidchilarimiz umri zoy’e ketmaganini anglatadi.Abdurauf Fitrat ,Abdulla Avloniy,Behbudiy,Cho’lpon,Abdulla Qodiriy,Fatzulla Xo’jayevlar orzu qilgan yolga qoygan ilk qadamimiz edi bu.Ammo bu narsalarga osonlik bilan erishmaginimzni har bir o’zbek farzandi yaxshi tushunib anglamogi kerak.Bu yoshlar ongiga singdirish un bizga O’zbekistonning eng yangi tarixi fani bejiz otilyotgani yoq.Har bir O’zbek ogloni vatanini sevishi u un jon fido qilishni burch deb bilmogi darkor.Uni yuksaltirish biz yoshlar qolida.Vatanimzni jahon oldida martabasini kotarish sport bilim sohalarida yuksak natijalarga erishmogimz darkor.Islom Karimov Abdug’anievichni bir gaplari bizga ajdodlarimiz kimligini jahonning hech bir davlatidan kam emasligimzni korsatadi.”Yevropaliklar bir biri bilan janjal qilib oyogiga latta boglab yurganda Bizni bobokalonlarimiz yulduzlar ustida ish olib borishgan”bu so’z har bir ozbek un oily yol bolib xizmat qilishi kerak.



I.Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu umidlari,armon va iztiroblarini ozida mujassam etgan.Darhaqiqat,inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va xurriyatga intilib yashaydi.U hamisha har jihatdan ozini erkin his qilishga,taxlikasiz turmush kechirishga extiyoj sezadi.Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni,shaklan turlicha ,mohiyatan o’xshash bolgan xurriyatga intilish hodisalarini kop korgan.

XX asrning intixosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida kutilmagan xodisalar yuz berdi.Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum,komunistik mafkura deb atalmish zo’ravonlik va tayziyqqa asoslangan mafkura tanazullga uchradi.Jahonga ,yer yuziga hokimi mutlaqni davo etgan SSSR jamiyat sifatida ham,davlat sifatida ham jarga quladi.Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respubliklar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini ola boshladilar.’

Mustaqillikga erishish goyasi xalqimizga azaldan meros,shu maqsad xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati
“ nomli risolasida “ozbek millati azal azaldan oz fikr-zikri o’z istiqloli uchun kurashib yashagan.Bunga moziy guvoh.Millatimiz tarixi haqidafi haqiqat,yurtimizning fidoiy oz yolidan,maslagidan,sozidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim.Bilishimiz shart bolgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz ham farz”-deganda anashu holatni nazarda tutadi.Xalqimizning uzoq tarixi u oz otmishida ozodlik,Istiqlol uchun tinimsiz kursh olib borganinga guvohlik beradi.

Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bolgan har qanday katta kishik masalalarni hal etishni oz zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimondalik kayfiyatiga duchor bolgan edi.U faqat ishlash xuquqiga ega edi holos .Mehnat deb atalgan xissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi.Ertalabdan kechgacha mehnat qilasan,mehnatingga yarasha ochdan olmaslikka yetadigan haq olasan,tamom-vassalom.Bu –sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bolgan qonun siyosati edi.Odamlar shunchaki ishlar,shunchaki umr kechirardi xolos .Tiriklik degan buyuk nematning hayot degan oily tushunchaning magzini chaqishga ozida ragbat ham extiyoj ham sezmas edi.Binobarin,aql bilan ish tutish,voqelikni idrok etish,bunyod etish yaratish tuygulari butunlay sondirilgan edi.Shuning un ham mamlakat tarraqqiyoti susayib,odamlarning turmush darajasi oasayib bordi.

Donishmandlar aytganidek,xar qanday faollik tamoyillari harakatlar erkinligiga zamin yaratishi,unga suyanishi kerak.Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi.Demak xar qanday hatti-harakat xar qanday intilish oz ozidan bunyodkorlik yaratuvchilik ruhi bilan yogrilgan bolishi darkor.Ana shunda erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.

Sobiq ittifoqda hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka chiqishiga yo’l qoymaslik maqsadida qilingan makkorona harakat edi.Davlat tontarishiga urinish,zoravonlik va tazyiq otqazish siyosatini chuqurlashtirishga intilish bu jarayonning yakuni boldi.Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan mamlakat iqtisodiy siyosiy jarayonlarining togri borishini kuzatib,togri baholay bilgan Ozbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bolib oz mustaqilligini elon qildi.1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan Ozbekiston resbublikasining davlat mustaqilligi togrisidagi bayonet Ozbekiston hukumatining siyosiy yolini tola qonunlashtirib beradi.Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan.



  • “Otmishdan saboq chiqarib va SSR ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi ozgarishlarini etiborga olib

  • Xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan oz taqdirini ozi belgilashga asoslanib

  • Ozbekiston xalqlarining taqdiri un butun masuliyatni anglab

  • Shaxs huquq va erkinliklarining,mustaqil davlatlar ortasidagi chegaralarning buzilmasligi togrisidagi Xelsinki shartnimalariga qatiy sadoqatini bayon etib

  • Millati ,diniy etiqodi va ijtimoiy mansubligidan qatiy nazar,respublika hududdida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini shani va qadr qimmatini taminlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib

  • Mustaqillik DEKLORATSIYASINI amalga oshira borib,Ozbekiton Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekitonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat-O’zbekiton Respublikasi tashkil etilganligini tanatanali ravishda elon qiladi

II.O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqillik dekloratsiyasini 1990 yil 20 iyunda qabul qildi

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
1. O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.

2. O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas.

3. O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.

4. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bo‘ladi.

5. O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.

6. O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.

7. O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.

8. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi.

9. Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.

10. O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.

11. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.

12. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.



Xulosa


Xulosa ornida shuni ayta olamizki hech bir kuchli mamlakat mustaqilikka oson erishmagan ularni kuchli bolishiga sabab esa osha davlat yoshlari mustaqillik nimaligi oson qolga kiritilmaganini onglariga singdirishgan agar biz yoshlar ham vatanimiz sha’nini obrosini mustaqilligimiz qadrini tushunib yetsak ham ajdodlar ham avlodlar oldida yuzimiz yorug’ bolajak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Mustaqil O’zbekiston tarixi ------Toshkent-2000

2.WWW.LEX.UZ sayti----mustaqillik dekloratsiyasi bo’limi

3.O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida---O’zbekiston-2011
Yüklə 220,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin