Isitma chiqishi: uni tushirish usullari, turlari, tana harorati normasi



Yüklə 39,11 Kb.
səhifə2/13
tarix20.01.2023
ölçüsü39,11 Kb.
#79772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
meditsina

Kattalarda tana harorati


Yosh bolalarda tana harorati tez-tez o‘zgarib turadi, kattalarda esa (16-18 yoshdan boshlab) deyarli stabil bo‘ladi. Lekin sutka davomida kattalarda tana haroratining ko‘rsatkichi bir xil bo‘lmaydi.
Chunki sutka davomida ro‘y beradigan fiziologik o‘zgarishlar ham bor. Masalan, sog‘lom odamning tongi va kechki tana harorati ko‘rsatkichlari 0,5-1,0 °C ga farq qiladi.

O’lchash usuli

11-65 yosh

65 yoshdan katta

Og’iz orqali

36,4-37,6 °C

35.8-36.9 °C

Rektal

37,0-38,1 °C

36,2–37,3 °C

Qo’ltiq osti

35.2-36.9 °C

35.6-36.3 °C

Quloq nayi

35,9-37,6 °C

35,8-37,5 °C

Quyidagi jadvalda tana haroratining o‘lchash turiga ko‘ra, 11-65 yosh va 65 yoshdan katta insonlar uchun normal ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Oʻsmirlik davrida – tana haroratining sezilarli oʻzgarib turishi kuzatiladi. Chunki bu davrda insonda gormonal yetilish holatlari kechayotgan boʻladi. Qizlarda tana harorati 13-14 yoshlarida stabil holatga keladi, oʻgʻil bolalarda esa 18 yoshdan keyin stabillashadi.
Odatda, erkaklar tana harorati ayollarnikidan 0,5 °C​ ga pastroq bo‘ladi.
Tana harorati tashqi muhit ta’sirlarida ham o‘zgarib turadi, masalan jismoniy zo‘riqish vaqtida, ma’lum bir mahsulotlarni iste’mol qilganda (achchiq va o‘tkir mahsulotlar), stress vaqtida, qo‘rqqanda, hatto aqliy mehnat bilan ko‘p shug‘ullanganda harorat ko‘tariladi.

Yüklə 39,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin