a+ e + g 1-b (1-t) + m` 1 b
R = ---------------- - ----------------------- Y + ------------ G - --------- Ta ,
d+n d +n d +n d+n
bu erda T = Ta + t Y
Y ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a + e + g 1 b d+n
Y = ----------------- - ------------- G - ----------------Ta - ----------------- R ,
1-b (1-t) + m` 1-b (1-t) + m` 1-b (1-t)+ m` 1-b (1-t) + m`
bu erda T = Ta + t Y
(1-b (1-t) + m`)/ (d+n) IS egri chizigining Y o`kiga nisbatan ogish burchagini ko`rsatadi va fiskal xamda pul kredit siyosati samaradorligining nisbiy parametrlaridan biri xisoblanadi
4. LM - egri chizigi va uning tenglamasi.
LM egri chizigi o`zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o`rtasidagi o`zaro bogliklikni aks ettiradi.
LM egri chizigining xar bir nuktasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng bo`ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko`tarilsagina erishiladi.
Ma`lumki, pulga talab mikdoriga foiz stavkasidan tashkari daromadlar darajasi xam ta`sir ko`rsatadi. Daromadlar yukori bo`lsa, xarajatlar xam ko`p bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida iste`mol va boshka xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. SHunday kilib, daromadlar darajasining yukorirok bo`lishi pul talabini oshiradi. Boshkacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi o`rtasida to`gri bogliklik mavjud.
Pulga talab funktsiyasini kuyidagicha yozamiz:
M/R= f(R;U)
Pul bozori xolatini belgilovchi ko`rsatkichlar o`rtasidagi bunday o`zaro munosabatlarni 26-, 27 chizmalarda tasvirlaymiz.
26-chizmadan ko`rinib turibdiki, pulga bo`lgan talab, foiz stavkasi pasayishi bilan, shuningdek, daromadlar ko`payishi natijasida xam oshadi. Daromadlarning oshishi natijasida pulga talab egri chizigi Md1 yukori surilib, Md2 xolatini egallaydi va unda pul bozoridagi muvozanat nuktasi, r1 xolatidan r2 xolatiga o`tadi.
SHunday kilib, yukorirok daromad yukorirok foiz stavkasiga olib keladi va buni LM egri chizigi aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad o`rtasidagi munosabatlarni ko`rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi kancha baland bo`lsa, pulga bo`lgan talab shuncha yukori va shunga muvofik muvozanatli foiz stavkasi xam shuncha yukori bo`ladi.
LM egri chizigi o`ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal kism va vertikal kism. LM egri chizigining gorizantal kismi foiz stavkasi R ning minimal darajasidan pasaya olmasligini anglatsa, vertikal kism foiz stavkasi R ning maksimal darajasi chegarasidan tashkarida xech kim o`z mablaglarining likvid (pul) shaklida ushlab turmasligini va ularni kimmatli kogozlarga aylantirishini anglatadi.
R R
LM
R1
R2
Md1
Md2
Y
M M Y1 Y2
P P
Dostları ilə paylaş: |