Iqtisodiyotva turizm fakulteti



Yüklə 195,45 Kb.
səhifə1/19
tarix17.05.2023
ölçüsü195,45 Kb.
#114987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
kurs ishi Omonov SHerzod



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOTVA TURIZM FAKULTETI

KURS ISHI
Mavzu: Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash yo‘llari
Bajardi: 3-1IQTKT- _______________ Ilmiy rahbar: Iqtisodiyot kafedrasi ass. F.Djalilov _____________________ Ilmiy maslahatshi: Iqtisodiyot Kafedrasi dots. B.Bozorov _____________________ Samarqand-2018

MUNDARIJA

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanish jarayonida mehnat resurslaridan samarali foydlanish yo’nalishlarini aniqlash, kelajakda mehnat samaradorlgini oshirishning shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida takomillashib bormoqda, bu esa ijtimoiy mehnat unumdorligi oshishining garovidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish insonning tashabbuskor va faol bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Insonning jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori bo’lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar insonning yoshiga bog’liq bo’ladi. Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanib boradi, keksalik chog’ida esa bir muncha kamayib boradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi, shuningdek oldimizdagi qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish mehnat resurslaridan samarali foydalanishni talab etadi. Mehnat resurslari esa, ma’lumki, ishlab chiqarishning asosiy omili bo’lib, boshqa resurslarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Mehnat resurslariga aholining zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli tarmoqdagi mehnat ko’nikmalariga ega bo’lgan qismi kiradi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kerakli mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega.

Bugungi

kunda

oldimizga

qo’ygan

maqsadlarimizga

erishishimiz

jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis
3

kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.


Bozor munosabatlari jarayonida g’oyat ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish ko’p jihatdan ijtimoiy ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, xalq faravonligini oshirishning hal qiluvchi sharti bo’lgan mehnat unumdorligi darajasi bilan bog’liqdir.
Yuqorida aytilgan fikrlar va mavjud muammolarning barchasi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini kompleks tadqiq qilishning alohida dolzarbligi va zarurligini asoslab, mazkur bitiruv -malakaviy ishning mavzusini tanlashga turtki bo’ladi.
Mehnat bozori, mehnat resurslari shakllanishi, mehnat unumdorligi va samaradorligi muammolarini o’rganishga olimlardan Abdurahmonov Q.X., Shodiyev R.X., Ubaydullayeva R.A., Xolmo’minov Sh.R., Artikova D., Akromova G.A., Raximova D.N., Maksakova L.R., Xo’jayev., Yuldashev M. va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag’ishlangan.
Bu ilmiy izlanishlarda mehnat resurslari shakllanishi, mohiyati, mazmuni, mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo’llari va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlari to’la ochib berilgan.
Bu muammoning yangicha iqtisodiy munosabatlari davrida ahamiyatliligi bitiruv-malakaviy ish mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, asosiy vazifalarni to’g’ri aniqlashga imkon yaratadi.
bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat

4



Yüklə 195,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin