Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 86,2 Kb.
səhifə2/3
tarix30.11.2022
ölçüsü86,2 Kb.
#71509
1   2   3
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir.

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichida chakana savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob’yektlari xususiy qo‘llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‘nikmalarini hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‘rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi.

Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‘tish davrining o‘zidayoq o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‘rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‘sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Valyuta siyosatini erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Undan asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit yaratish bo‘lib, bozordagi turli-tuman valyuta kurslari o‘rniga yagona rasmiy kurs bir dollarga 8100 so‘m miqdorida belgilandi. Korxona va aholida chet el valyutasini erkin sotib olish imkoni paydo bo‘ldi. Bu qadar radikal yondashuv hatto ancha bilimdon bo‘lgan iqtisodchilarni ham xavotirga solib: endi nima bo‘ladi, milliy valyuta kursining roppa-rosa ikki baravarga pasaytirilishi inflyasiyaning yangi xalqasini keltirib chiqarmaydimi, degan mulohazalarni tug‘dirgan edi. Lekin fevralda bir dollar 8188,33 so‘mga ko‘tarilgan bo‘lsa, keyin asta-sekin so‘m mustahkamlana boshladi va iyun oxiriga kelib, bir dollar 7813 so‘mga tushdi. Endilikda aholida «dollarlashtirishdan» birmuncha qaytish tendensiyasi, pul o‘tkazmalarini milliy valyutada olishni afzal ko‘rayotgani kuzatila boshladi.


Yüklə 86,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin