Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 86,2 Kb.
səhifə1/3
tarix30.11.2022
ölçüsü86,2 Kb.
#71509
  1   2   3
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‘jalikda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqaror turibdi. Jumladan, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish, «Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning kafolati bo‘la oladi. Ayrim davrlarda davlat “charchagan” xususiy va jamoa mulki ob’yektlarini “jonlantirib”, keyin ularni xususiy qo‘llarga sotishi mumkin.


Yüklə 86,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin