Iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblar va ularni takomillashtirish


Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi



Yüklə 13,69 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,69 Kb.
#207084
1   2   3   4   5
Asadova Nargiza Rustamovna

Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:


Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi

Birinchi guruhga tovarlarni sotish


Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.
Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.

Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar


Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar ishtirokchilarining joylashuviga qarab bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo’linadi. Bir shahar ichidagi pul aylanishi bir hisob markaziga qarashli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar majmuini bildiradi. Shaharlararo pul aylanishi esa turli hisob markazlariga qarashli banklar o’rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar yig’indisidir.
Lekin respublikamizda bank tizimining rivojlanishi, «elektron to’lovlar» tizimiga o’tish asosida hisob-kitoblarning tezligi va sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblarda ishtiroq etuvchi sub’ektlarning joylashuviga karab ikkiga bo’lish maqsadga muvofiq bo’lmay qoldi. Chunki hisob-kitoblarda katnashuvchi sub’ektlar qaysi hududda joylashganidan qat’iy nazar, to’lovlar bir necha soatda, xattoki bir necha daqiqada o’tkaziladi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga asoslaniladi.


Har bir xo’jalik sub’ekti o’z pul mablag’larini banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o’zaro hisob-kitoblarini bevosita bankdagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o’zlari tanlaydilar.
Hisob-kitoblar to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag’i evaziga amalga oshiriladi. Korxona bank kreditidan foydalanish xuquqiga ega bo’lsa, to’lovlar bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
To’lovlar belgilangan to’lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin.
Tovar etkazib beruvchi korxona hisobvarag’iga pul mablag’lari mazkur mablag’larining mol sotib oluvchi korxona hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng o’tkazib beriladi.
To’lovni kafolatlash maqsadida, etkazib berilishi lozim bo’lgan tovar yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to’langandan so’nggina tovarlar jo’natiladi yoki xizmatlar ko’rsatiladi.

Yüklə 13,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin