JAHON XO’JALIGI INTEGRASIYASI - jahon xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy ko’rinishlaridan biri mamlakatlararo ishlab chiqarish, savdo, valyuta munosabatlari va boshqa sohalarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu mintaqadagi davlatlar ittifoqining shakllanishi bo’ldi. Buning asosida yuzaga keladigan xo’jalik aloqalarni bog’lovchi va birlashtiruvchi iqtisodiy jarayonlar davlatlar o’rtasidagi integratsiya nomini oldi.
JAHONShUMUL MUAMMOLAR - dunyodagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning alohida qatorini tashkil etadi. Bular o’z miqyosi va ahamiyatlari jihatdan olamshumul xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bu muammolarni ijtimoiy tuzum, taraqqiyot darajasi, dini, jo’g’rofiy mavqeidan qat’iy nazar barcha davlatlarning hamjihatligi bilan hal etish mumkin. Bu muammolarga: urush va tinchlik, qurolsizlanish va rivojlanish; inson-jamiyat muammolari; jamiyat-tabiat muammolari kiradi.