5. 2009 yilning 1-yarmida O’zbekiston bozorida sigaret taklifi SS=1800+5P Ichki bozorimizdagi talab SD1=3800-PTashqi bozordagi talab esa SD2=6000-2P P - 1quti sigaret narxi.
S-qutilar soni.
Tashqi bozordagi o’zgarishlar sabab tashqi talab 20% ga kamayib ketdi.
Aniqlansin:
A) Tashqi bozordagi bu o’zgarish ishlab chiqaruvchi daromadining qancha kamayishiga olib kelishi.
B) Agar davlat 1 quti sigaret narxini 900 so’m qilib belgilab qo’ysa bu qaror qanday oqibatlarga olib kelishi .
Echimi: Umumiy talab SDu=SD1+SD2=3800-P+6000-2P=9800-3P
Muvozanat parametrlarini topib olsak:
SDu=9800-3P=SS=1800+5P
8P=8000
P=1000; SDu=SS=6 800
O’zgarishdan keyingi umumiy talab talab
SDu=SD1+0.8SD2= 3800-P+0.8(6000-2P)=3800 +4800-P-1.6P=8600-2.6P
SDu= SS 8600-2.6P=1800+5P
6800=7.6P
P=894.7; SDu = SS=6 273
Ishlab chiqaruvchi daromadi TR=PS=1000×6800=6 800 000 so’m
O’zgarishdan keyin TR=PS=894.7×6273=5 612 453 so’m
Iste’molchining yo’qotgan daromadini topamiz: 6 800 000-5 612 453=1 187 547 so’mni tashkil etadi
Davlat tomonidan 1 quti sigaret narxi 900 so’m qilib belgilangan keyin
SDu =8600-2.6×900=6260
SS=1800+5×900=6300
Ortiqcha 6300-6260=40 quti mahsulot ortib qoladi agar davlat uni sotib olmasa va 900 so’mdan kam sotishga ruxsat bermasa chayqov bozori vujudga keladi undagi narx 6300=8600-2.6
2.6 P =2300
Javob: P =884 so’m bo’ladi.
6. Mol go’shti bozorida go’shtga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari quyidagicha:
SD=20000-2P
SS=2000+P
Tovuq go’shti bozorida esa talab va taklif funktsiya lar:
SD=24000-2P
SS=4000+3P
Mol go’shti bozorida taklif qisqarishi oqibatida muvozanat narx 6200 so’mga ko’tarildi.
Aniqlanishi lozim: 1. Mol go’shti taklifi va uning chizig’i qanday o’zgarishini izohlang hamda mol go’shti bozorida o’zgargan vaziyat tovuq go’shti bozoriga qanday ta’sir ko’rsatishini, ya’ni tovuq go’shtiga talab qanday o’zgarishini aniqlang.