Iqtisodiyot asoslari


Tabiiy resurslar (tabiat resurslari)



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Tabiiy resurslar (tabiat resurslari)
– jamiyat odamlarning moddiy va 
ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan tabiiy 
obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir. 
Tabiiy resurslar: 
- o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan; 
- yangilanadigan va yangilanmaydigan; 
- almashtiriladigan va almashtirilmaydigan; 
- tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi. 
Tabiiy resurslar
o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya manbalari, 
tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar, yovvoyi holda 
o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy 
o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaft-
lari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi. 
 
 
Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy resurslar
foydalanish 
barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan resurslar. Tabiiy resurslarning 
ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi 
tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. 
Kamyoblik (tansiqlik)
– iqtisodiy nazariyada – tovar yoki xizmatga 
talab
uni 
ishlab chiqarish hajmidan oshib ketgan
vaqtda yuzaga keladigan 
sharoitdir. 


13 
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslardan farqli o‘laroq, inson 
ehtiyojlari amalda cheklanmagan. Shuning uchun ko‘pgina tovarlar va xiz-
matlar kamyobligi bilan harakatlanadi. 
Bozor iqtisodiyoti
kamyob resurslarni
taqsimlash baholar (narx) lar 
mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. 
Rejali iqtisodiyotda
tanqis resurslarni taqsimlash muammosini davlat 
o‘z markaziy idoralari timsolida o‘z zimmasiga oladi. 
Nazorat savollari 
1. Iqtisodiy tovarlar tushunchasi o‘z ichiga nimalarni oladi? Tovarlar va 
xizmatlarning qanday xususiyatlarini sanab berishingiz mumkin? 
2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasini jadvali milliy iqtisodiyot-
ning rivojlanishining qaysi faktini namoyish (tasvir) qiladi? 
Iqtisodiyot fanining eng ahamiyatli, muhim vazifasi bu: 
Bilish (o‘rganish) vazifasi
– bu vazifa hamma fanlar uchun umumiydir. 
Lekin iqtisodiyot fanida bitta o‘ziga xoslik bor: bunda iqtisodiy tajriba 
o‘tkazish yo mumkin emas yoki mumkin bo‘lsa, juda qimmatga tushadi. 
Metodologik vazifa
– aniq iqtisodiyotlar tadqiqotlarning boshlang‘ich 
metodologik belgilari sifatida umumiy qonuniyatlarga tayanib xususiy 
muammolarni tadqiq qilayotgan bir paytda iqtisodiyot nazariyasi umumiy 
muammosi, ya’ni obyektni to‘laligicha tadqiq qiladi. 
Amaliy vazifa
– iqtisodiy siyosatni ta’minlaydi. Shu munosabat bilan 
ishlab chiqarish, fan va siyosatning o‘zaro nisbatlari va munosabatlari 
haqida savol paydo bo‘ladi. 
Iqtisodiyot fani asosida insonning va bir butun olganda jamiyatning yangi 
talablari va manfaatlarining yuzaga kelishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib 
xizmat qiluvchi 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin