Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Xo‘jalik faoliyati
haqidagi ta’limot tabiiy va ijtimoiy muhitni ajratib 
ko‘rsatadi. Bu shu bilan izohlanadiki, odamlar o‘zlarining xo‘jalik faoli-
yatlarida cheklanganlar va birinchidan tabiiy tomonidan, ikkinchidan esa 
ishlab chiqarishning ijtimoiy tarzda uyushtirilishi tufayli yuzaga keladigan 
shart-sharoitlar bilan hisoblanishga majburdirlar. 
Tabiiy muhit
xo‘jalik yuritishning
tabiiy sharoitlarini belgilaydi. Bun-
ga iqlim va tuproq sharoitlari, nasliy shart-sharoitlar, aholining soni, 
ovqatlanish, uy-joy, kiyim-kechak kiradi. Bunda odam 
o‘z faoliyatini 
resurslarning tabiiy cheklanganligi
sharoitida amalga oshiradi. 
Odamlarning xo‘jalik faoliyati ma’lum bir qoidalar doirasida olib bori-
ladi. Ulardan asosiylari mulkka munosabatlardir. Aynan shu munosabatlar 
xo‘jalik yuritishning natijalarida o‘z aksini topuvchi xo‘jalik faoliyatining 
ijtimoiy muhtini belgilaydi. 
Xo‘jalik yuritish shart-sharoitlariga xo‘jalik yuritishning qonunlari, 
qoidalarni
belgilovchi, mehnat faoliyati sharoitlarini tartibga soluvchi turli 
xil davlat tashkilotlari, shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab 
qiluvchi jamiyatlar, o‘rtoqliklar, partiyalar, kasaba uyushmalari va boshqa 
iqtisodiy institutlar jiddiy ta’sir ko‘rsatadilar. 
Ishlab chiqarish 
Kishilik jamiyatnining rivojlanishi asosida moddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarish yotadi. 
Ishlab chiqarishning bosh maqsadi
– odamlarni ularning talablarini 
qondiruvchi tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashdir. Shuning uchun ishlab 
chiqarish o‘z ichiga odamlar haqini to‘lashga tayyor bo‘lgan hamma to-
varlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatishni oladi. Ishlab 
chiqarishda eng muhimi – bu bir soat yoki bir kun ichida ishlab chiqarilgan 
tovarlarning miqdorlaridir. 
Ishlab chiqarishning qandaydir omilidan foydalanib, ma’lum bir vaqt 
bo‘lagi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmini o‘lchash bu 
omilning unumdorligini baholashning usullaridan biridir. 
Unumdorlik
– bu tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni samara-
dorligini ko‘rsatkichidir.
Misol

A va B nomli ikki ishchi bir joyda, bitta uskunada bir turdagi mahsulot 
ishlab chiqaradilar deb faraz qilaylik. 40 soatlik ish haftasida A nomli ishchi 
400 ta mahsulot ishlab chiqaradi. 
B nomli ishchi esa 40 soatlik ish haftasida 600 mahsulot ishlab chiqara-
di. 
A nomli ishchining unumdorligi = 400 mahsulot/40 soat = soatiga 10 ta 
mahsulot. 


19 
B nomli ishchining unumdorligi = 600 mahsulot/40 soat = soatiga 15 ta 
mahsulot. 
Bu oddiy misol unumdorlikni aniqlash uchun ikkita o‘lchov (kattalik): 
mahsulot hajmi va harakat
kerakligini ko‘rsatib turibdi. 
Shuning uchun 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin