Iqtisodiyot- bu san’at, chegaralanmagan ehtiyojni chegaralangan resurslar



Yüklə 52,49 Kb.
səhifə1/5
tarix31.10.2022
ölçüsü52,49 Kb.
#66949
  1   2   3   4   5
2-мавзу. Инновац. ўзгариш даврида минерал хом-ашё ресурслари


Iqtisodiyot- bu san’at,
chegaralanmagan ehtiyojni
chegaralangan resurslar
yordamida qondiradi. 
Lorens Piter



2- MAVZU. INNOVATSION О‘ZGARISHLAR DAVRIDA MINTAQALARNING MINERAL-XOMASHYO VA TABIIY RESURSLARI


1.Mineral xom ashyo resurslari tushunchasi.
2.Mineral xom ashyo resurslarining iqtisodiy ahamiyati.
3.Mineral xom ashyo resurslarini xududiy joylashuvi, ularni iqtisodiyotda tutgan o‘rni.
4.Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muxofaza qilishning asosiy yo‘nalishlari.


Tayanch ibora: mineral xom ashyo, hududiy joylashuv, resurs, foydali qazilmalar, yoqilg‘i, o‘g‘itlar


1.Mineral xom ashyo resurslari tushunchasi.
Mineral-xom ashyo resurslari har bir mamlakatning eng muhim boylik manbaidir. Undan olinayotgan mahsulotlar insonning xilma-xil ehtiyojini qondiradi. Mineral-xom ashyodan turli metallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari, ximikatlar, qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Er ostidagi mineral hosilalar qidirilmagan va baholanmagan bo‘lsa, u holda ular mineral xom ashyosifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, holbuki ularni aniqlashga va qidirishga mehnat sarflangan. Ammo er ostidagi bunday mineral xom ashyo zahiralari potensial resurslar hisoblanadi, xolos. Ular er bag‘ridan qazib olingandan keyingina xaqiqiy mineral xom ashyo hisoblanadi. Mineral xom ashyo tushunchasi foydali qazilma tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Foydali qazilma - bu ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning hozirgi darajasida sanoatda foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan er qobig‘idagi tabiiy mineral moddalardir. Ular er ostidan qazib olingandan keyin mineral xom ashyo ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, er bag‘ridan qazib olingan, xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar mineral xom ashyo deyiladi. Mamlakatda muayyan muddatda qidirilgan, aniqlangan, baholangan hamda prognoz qilingan foydali qazilmalar esa mineral resurslar deb ataladi1.
Foydali qazilmalar tabiatdagi miqdori, foydalanishdagi maqsadiga ko‘ra ma’danli va noma’dan foydali qazilmalarga bo‘linadi. Suyuq va gazsimon foydali qazilmalar alohida guruhni tashkil etadi. Konlarning geologik o‘rganilish darajasi, geologik tuzilmalari, foydali qazilmalari tarkibi va xossalarini o‘rganish darajasi, tog‘ ishlari miqdori va xarakteri hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab, kon zapaslari 4 kategoriyaga bo‘linadi. Bular: A, В, Сл, С2.
A kategoriyaga foydali qazilmalarning turlari va texnologik xossalari o‘rganilgan zahiralari kiradi.
Foydali qazilmalarning В kategoriyadagi zahiralari ruda jismlarining yotishi hollari, tabiiy turlari va sanoat sortlari aniqlanib hisoblanadi. Bunday zapaslar qidirib topilgan va chegaralangan bo‘ladi.
С1 kategoriyaga kiritilgan foydali qazilmalar zahiralari konlarning alohida uchastkalaridan olingan texnologik namunalarni o‘rganish asosida aniqlanadi, ammo rudalarning xillari, sifati va texnologik xarakteristikasi aniqlanmagan bo‘ladi.
Mineral-xom ashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyoj iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishga nisbatan jadal ortib bormoqda. Bu asosan ishlab chiqarishni rivojlantirish вa тaкoмиллaштириш, uning energetik va texnikaviy qurollanganlik darajasini oshirish uchun ko‘p miqdorda tabiiy resurslar zarurligi bilan izohlanadi.
Mineral-xom ashyo resurslari rolining ortib borishi ularga nisbatan ehtiyojning o‘sishi bilangina emas, balki ularning o‘ziga xos xususiyatlari va mehnat unumdorligiga ta’siri bilan shartlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni rivojlantirish sur’atlari va darajasi ko‘p jihatdan foydali qazilmalardan foydalanish samadorligi ko‘lamlari va darajasiga bog‘liqdir.



Yüklə 52,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin