Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


YAKKA TARTIBDAGI XUSUSIY TADBIRKOR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

YAKKA TARTIBDAGI XUSUSIY TADBIRKOR
Tadbirkorlik faoliyati bilan firma ochmasdan turib ham shug‘ullanish mumkin. 
Buning uchun hokimiyatdan “Yakka tartibdagi xususiy tadbirkor” degan maqomni 
olish va faoliyat natijasiga ko‘ra belgilangan tartibda soliqlarni to‘lab turish kifoya.
Mamlakat iqtisodiyotida boshqa turdagi firmalar ham bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqib firma turlari takomillashib, iqtisodiyotga 
moslashib boradi.
1. Jadvalni daftaringizga ko‘chiring va uning birinchi ustunidagi savollarga 
javoblar asosida jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring.
2. a) do‘kon; b) kichik novvoyxona; d) katta qandolat sexi; e) katta un zavodini 
ochmoqchi bo‘lsangiz, firmaning qaysi turini tanlagan bo‘lar edingiz?
Firma haqida savollar
Xususiy firma
Shirkat Sherikchilik 
firmasi
a) kim egalik qiladi?
b) mulki qanday shakllanadi?
d) qanday boshqariladi? 
e) foyda qanday taqsimlanadi?
f) faoliyat natijasiga javobgarlik 
mas’uliyati qanday?
Buni yodda tuting!
• 
Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni davlat, xususiy va 
aralash turdagi korxonalarda amalga oshiriladi.
• 
Tadbirkorlik faoliyati bilan odam o‘zi alohida yoki sheriklari bilan birgalikda 
firma ochib shug‘ullanadi.
Topshiriq


17
17
16
AKSIYADORLAR JAMIYATI 
3- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
AKSIYADORLAR JAMIYATINING TUZILISHI
Mas’uliyati cheklangan firmalar yirik korxonalar miqyosida — aksiyadorlar 
jamiyati ko‘rinishida tashkil qilinadi. Aksiyadorlar jamiyati boshlang‘ich nizom 
jamg‘armasi hajmiga teng miqdorda o‘z aksiyalarini chiqaradi va sotadi. Bu aksiyani 
sotib olgan har bir kishi jamiyatning aksiyadoriga aylanadi. Jamiyat aksiyadorga 
har yilgi foydasidan sotib olgan aksiyasiga mos ravishda haq — dividend to‘laydi. 
Aksiyadorlar jamiyatini chet ellarda aksiyadorlar kompaniyasi yoki korporatsiyalar 
deb ham atashadi. Agar aksiyadorlar jamiyatining aksiyalari istalgan shaxsga sotilsa, 
bunday jamiyat ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati
 
deb, agar faqat oldindan belgilab 
qo‘yilgan shaxslar guruhiga (masalan, jamiyatning ta’sischilari yoki xodimlariga) 
sotilsa, u yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati deb ataladi.
Birinchi aksiyadorlar jamiyati XVI asrda Niderlandiyada tashkil qilingan 
“Ostind” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin