Ipoteka-bank



Yüklə 363,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.10.2022
ölçüsü363,43 Kb.
#66312
  1   2   3   4
omonat qoidasi




“IPOTEKA-BANK” AKSIYADORLIK TIJORAT IPOTEKA BANKIDA 
OMONATLARNI QABUL QILISH 
QOIDALARI
 
 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1.1. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankida omonatlarni qabul qilish qoidalari 
(keyingi o‘rinlarda “Qoidalar”) O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil
2-iyulda 3030-son bilan ro‘yxatga olingan “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan o‘zaro 
munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar 
to‘g‘risida nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 16-noyabrdagi 
“Tavakkalchilikka asoslangan prudensial nazorat doirasida ayrim bank operatsiyalarini amalga 
oshirishning optimallashtirilgan tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 28/2-sonli qarori asosida ishlab 
chiqilgan. 
1.2. Mazkur Qoidalar “Ipoteka-bank” ATIB (keyingi o‘rinlarda “Bank”) tizimida Bank 
omonati xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlarini, omonatlarni rasmiylashtirish tartibini, 
ushbu jarayondagi Bankning va omonat joylashtirayotgan jismoniy shaxslarning (keyingi 
o‘rinlarda “Omonatchilar”) huquq va majburiyatlarini, taraflarning javobgarligini hamda Bank va 
Omonatchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa shartlarni Omonatchilarga 
maʼlum qilish maqsadida ishlab chiqilgan. 
II. OMONATLARNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI 
2.1. Bank omonat shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. Bank tizimida 
fuqaroligidan qatʼiy nazar muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs o‘z nomiga 
va boshqa shaxs nomiga omonat qo‘yishi, o‘zining bank omonat hisobvarag‘idagi mablag‘ini o‘zi 
yoki vakili orqali mustaqil tasarruf etishi, shuningdek boshqa shaxslar omonat mablag‘larini 
tasarruf etish uchun vakil bo‘lishi mumkin. 
2.2. Bank omonat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Bank omonat shartnomasi qatʼiy 
hisobda turuvchi blanka hisoblanadi (bundan Bankda hisobvarag‘i ochilgan jismoniy shaxslar 
tomonidan oferta asosida (shu jumladan, mobil ilova orqali) qo‘yilgan omonatlar mustasno) va 
omonatni rasmiylashtiruvchi Bank xodimi tomonidan kompyuter vositasida to‘ldirilib 
Omonatchiga taqdim qiladi. Ushbu qoidaga zid ravishda tuzilgan omonat shartnomalari o‘z-
o‘zidan haqiqiy emas. 
2.3. Bank va Omonatchilar o‘rtasida bank omonat shartnomasi, omonat summasi bank 
kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvarag‘iga tegishli mablag‘lari naqd pulsiz kelib 
tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Omonat qabul qilinganligi va tegishli hisobvaraqqa kirim qilinganligi haqida mijozning 
mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi. 
2.4. Oferta asosida omonatlar ofertani elektron shaklda akseptlash orqali qo‘yiladi. 
Ofertani belgilangan muddatda olgan shaxsning ofertani akseptlash maqsadida unda ko‘rsatilgan 
shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari, agar qonun hujjatlarida yohud ofertada 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki qayd etilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. 
Aksept o‘z navbatida Omonatchining shartnoma shartlari bilan tanishib chiqqanligi va 
shartnomaning barcha shartlarini qabul qilganligini bildiradi. 
2.5. Bankka qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori Bank tomonidan 
mustaqil ravishda belgilanadi. 
2.6. Bank tomonidan omonatchilar yoki ularning qonuniy vakillarining yozma 
topshirig‘iga binoan omonat hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘lariga doir bank amaliyotlari 
bo‘yicha amalga oshirilgan xizmatlari uchun Bank tariflariga muvofiq vositachilik haqi undiriladi. 
2.7. Bank omonatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning qonun hujjatlarida belgilangan 
talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini taʼminlaydi. Bunday maʼlumotlar uchinchi shaxslarga 
“Bank siri to‘g‘risida”gi qonun talablariga qatʼiy amal qilingan holda taqdim qilinishi mumkin. 



2.8. Bank omonat mablag‘larini shartnomada ko‘rsatilgan muddatga qabul qiladi. Pul 
mablag‘larini saqlash muddati tugaganda shartnomada ko‘rsatilgan omonat turi bo‘yicha Bank 
belgilangan tartibda Omonatchiga uning pul mablag‘larini to‘liq hajmda va unga foizlar 
ko‘rinishida daromadni ushbu shartnomada kelishilgan foiz miqdorida to‘lab beradi. 
2.9. Omonatga foizlar kunlik, bir yil uchun 365 kunga hisoblanadi, yaʼni foizlar oylik 
hisoblanganda omonatga qo‘yilgan muddat davrida o‘sha oylar necha kundan iborat bo‘lsa 
shuncha kunga hisoblanadi. 
2.10. Omonat summasiga foizlar omonat mablag‘i Bankka tushgan kunning ertasidan 
boshlab, to u Omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko‘ra Omonatchining 
hisobvarag‘idan o‘chirilgan kundan oldingi kungacha bo‘lgan davrga hisoblanadi. Omonatchining 
hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida Bank ushbu hisobvaraqdagi pul mablag‘laridan foydalana 
olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi. 
2.11. Omonatchi (yoki uning ishonchli vakili) omonat mablag‘larini muddatidan oldin 
olganda, foizlar amaldagi “talab qilib olinguncha” omonati foizi hisobidan to‘lab beriladi va 
Omonatchiga to‘lab berilgan foiz mablag‘lari omonat summasidan chegirib qolinadi.
2.12. Agar omonat muddati tugagandan so‘ng Omonatchi tomonidan omonat mablag‘larini 
qaytarib berishni talab etilmagan yoki boshqa hisobvaraqqa qayta rasmiylashtirilmagan yoki 
boshqa omonat turiga rasmiylashtirilmagan hollarda, omonat mablag‘lari summasiga omonat 
qaytarilgan kunga qadar amaldagi “talab qilib olinguncha” omonat turi foiz miqdorida foizlar 
hisoblab boriladi (omonat qoidalarida belgilangan shartlar bundan mustasno). 
2.13. Agar Omonatchi jamg‘arma va muddatli omonatni bank omonat shartnomasida 
ko‘rsatilgan holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilmoqchi bo‘lsa, u bu haqda 
Bankni omonatni olishni rejalashtirayotgan sanadan kamida bir kun oldin xabardor qilishi lozim. 

Yüklə 363,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin