Ipakchilik va tutchilik


-rasm: Daryoga o‘rnatilgan qafaslar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153907
1   2   3   4
Ochiq dars

1-rasm: Daryoga o‘rnatilgan qafaslar

Q
afas – qo‘zg‘olmas yoki suzuvchi, devorlari to‘r bilan o‘ralgan, qimmatbaho turdagi baliqlarni saqlash va intensiv yo‘l bilan o‘stirishga mo‘ljallab hovuz, suv ombori, ko‘l yoki daryoga o‘rnatish hisobiga tashkil qilingan sun’iy havzadir. Qafaslarni ponton (po‘kaklar) va plastmassa trubalar yordamida suv yuzasiga yoki suv ostiga qoziqoyoq bilan mahkamlangan holda joylash mumkin. Qafaslar usuli yuqori texnologik baliq yetishtirish bo‘lib, hosildorlik 50-200 kg m3 ni tashkil qiladi.


2-rasim: “Xonbaliq” fermer xo‘jaligida qafaslarda baliq yetishtirish
O‘zbekistonda sun’iy hovuzlarda bugungi kunda bir kub metr suvda 50-100 gramm baliq yetishtirilmoqda. Bu qafaslarda baliq yetishtirilganga nisbatan 1000 marta kamdir. E’tiborli jihati, qafas yordamida turli suv havzalarida, xususan, suv omborlari va tabiiy ko‘llarda baliq parvarishlasa bo‘ladi. Yana bir qulayligi, yagona suv havzasida turli xildagi (turlari katta yoki kichikligi bo‘yicha) baliqlarni yetishtirish uchun alohida qafaslarni o‘rnatish mumkin. Baliqlarni oziqlantirish, rivojlanishini nazoratga olish va ovlash juda qulay hamda qo‘riqlash tizimi yengildir.
Baliq ovlash va akvakultura (baliqlar va boshqa suv organizmlarini sun’iy yo‘l bilan yetishtirish) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Mamlakatimizning barcha suv havzalari amalda irrigatsiya tizimi bo‘lib, baliqchilik korxonalari suv iste’molchisi emas, balki suvdan foydalanuvchi bo‘lishi va «suv manbasi – yakuniy suv iste’molchisi» zanjirida o‘z o‘rnini topishi kerak. Suv baliqchilik korxonasi orqali iste’molchi uchun muayyan muddatlarda va suv sifatining yomonlashuvisiz o‘tishi lozim. Masalan, oqar havzalar orqali suv o‘tishi va xuddi shu sifat bilan tezda kanalga qaytishi kerak. Quruqlikda basseynlar, ko‘llarda qafaslar joylashtirilishi mumkin, shunda ular suvni buzmaydi va uni yo‘qotmaydi (ortiqcha sarf etmaydi).
Bu qishloq xo‘jaligining keng sohasiga ixtisoslashgan xususiy fermer xo‘jaliklari uchun ekstensiv kam xarajatli texnologiya hisoblanib, ushbu texnologiya boshqa faoliyat turlarining chiqindilarini utilizatsiya qilgan holda katta sarf-xarajatlarsiz qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish imkonini beradi. Suv havzasida organik va boshqa o‘g‘itlardan foydalangan holda suv o‘simliklari yetishtiriladi. Suv o‘simliklarining mahsuldorligi yer ustidagi ekinlarga qaraganda, bir necha marta ko‘p bo‘ladi. Tadqiqotlarda suv giatsintining mahsuldorligi gektariga 300 tonnaga yetishi, protein miqdori hatto soya o‘simligiga qaraganda, bir necha marta ko‘pligi aniqlangan. Suv o‘simliklarining biomassasi o‘simlikxo‘r baliqlarni oziqlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Oq amur uchun O‘simliklar, qisman plankton ozuqa hisoblanadi. Oq amur hayot faoliyatining chiqindilari ham plankton uchun yem bo‘ladi. Planktonni esa do‘ngpeshona va karplar yaxshi iste’mol qiladi. Baliqchilik suv havzasi mahsuldorligining eng yaxshi xususiyat – omixta yemdan foydalanmagan holda gektariga 1,5-2 tonna baliq tayyorlashdir. Tizimning ustunligi shundaki, go‘ng yoki yashil o‘g‘itlar (kompost ko‘rinishida) chorvachilik yoki dehqonchilik chiqindilari ham bo‘lishi mumkin. Suv havzasining to‘r yoki boshqa katakchali material bilan to‘silishi, bu qo‘shimcha xarajatlarsiz doimiy ravishda suvni almashtirish va uning sifatini, hatto baliq tig‘iz taqdirda ham saqlab turish imkonini beradi. Bunda o‘tkazish tig‘izligi birlamchi 30-50 kg m3 gacha bo‘lishi mumkin.
Qafaslar istalgan suv havzasiga o‘rnatilishi mumkin. O‘zbekistonda tabiiy suv omborlari mavjudligi, qafasli akvakulturani keng qo‘llash imkonini beradi. Bunda qafaslardagi baliqlar hayot faoliyatining chiqindilari suv omboridagi boshqa baliqlarga qo‘shimcha ozuqa bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin