Investitsiya va innovatsiyalar



Yüklə 48,47 Kb.
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü48,47 Kb.
#165553
  1   2   3   4   5   6   7
ИНВ (1)


INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR” FANIDAN MODUL TOPSHIRIQLARI


1-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


TOPSHIRIQLAR



  1. Quyidagi rasmlardagi so’roq belgisi qo’yilgan joylarni to’ldiring va izohlang.




Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.


Birinchidan, qo‘yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko‘ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o‘z moliyaviy mablag‘lag‘larni joylashtirish obyektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.
Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga beriladi) bo‘ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi.
To’rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag‘larini joylashtirish orqali namoyon bo‘ladi.
Beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo‘yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi.
Oltinchidan, investitsiyalar tavakkallik darajasi bo‘yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo‘ladi, boshqacha aytganda «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.


Yüklə 48,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin