International Vritual Conference On Innovative Thoughts, Research Ideas and Inventions in Sciences



Yüklə 324,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.06.2023
ölçüsü324,58 Kb.
#124661
  1   2   3
54485(1)



International Vritual Conference On
Innovative Thoughts,
 
Research Ideas and Inventions in Sciences
 
Hosted from Newyork, USA 
http://euroasiaconference.com January 20
th
 2021 
________________________________________________________________________________________________________________________________ 
513 
EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISH VA 
UNI KONSENTRATSIYASINI OSHIRISH 
Sultonov Boxodir Elbekovich 
Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi 
professor v.b., t.f.d
Nodirov Alisher Avazovich 
Namangan davlat universiteti I-kurs tayanch doktoranti
Xolmatov Dilshod Sattorjonovich
Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi 
dotsenti, kimyo fanlari bo’yicha PhD 
Abdullajanov Oybek Abdulaziz o’g’li 
Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi 
o’qituvchisi 
Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olish uchun 93% li sulfat kislota 
ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning 
yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada 
chiqindiga chiqariluvchi fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim 
bo’lgan oqava suvlar miqdori kamayadi. 
Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfat kislotadagi P
2
O

miqdorini 
o’zgartirmaydi, gips kristallanishining maqbul sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada 
yuqoriroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini 
ortishi hisobiga) keskin ortadi, uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi. 
Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xom ashyosi tarkibidagi barcha ftorning 
(asosan SiF
4
tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi, taxminan 80%i EFKga, 15-17%i esa 
fosfogipsga o’tadi. Sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog’liq holda ekstraktordan 
ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m
3
ni 
tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o’rnatilgan absorbtsiya sistemalari, asosan, chiqindi 
gazlarini tozalash uchun mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H
2
SiF
6
ning kuchsiz eritmalari 
neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi. 
Tabiiy fosfatlardan ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish ko’rsatkichlari analitik 
ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi: P
2
O
5
ning texnologik unumi (K
unum
,%), ya’ni P
2
O
5
ning xom 
ashyodan fosfat kislotaga o’tish darajasi apatitni qayta ishlashda – 95-96% ni va turli 
fosforitlar uchun – 71-94% ni tashkil qiladi. U P
2
O
5
ning eritmaga ajralish koeffitsenti (K
ajr.

%) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfat kislotadan yuvilishining to’la bo’lmasligi 
bilan izohlanadi: yuvilish koeffitsienti (K
yuvish
, %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki: 
K
unum
= K
ajr.
۰K
yuvish
/100 ga teng. Ekstraktsiyalashning digidratli usulida kislotaga 
P
2
O
5
ning mahsulotli (xo’jalik) unumi 93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t 
P
2
O
5
li mahsulotga 2,73-2,65 t apatit (1075-1045 kg P
2
O
5
) va 2,48-2,45 t (CaO ni bog’lash 
uchun stexiometrik me’yordagi, ya’ni 1 t apatitga 0,915 t) 100% li sulfat kislota sarflanadi. 
Fosforitlarni qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan: 
fosfat bo’yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P
2
O
5
bo’yicha 1,02-1,27 marta; sulfat kislota 
bo’yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xom ashyo harajatlari EFK ishlab chiqarish umumiy 
harajatlarining 70-80% ni tashkil etadi. 



Yüklə 324,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin