International scientific journal of biruni



Yüklə 368,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.09.2023
ölçüsü368,99 Kb.
#146788
1   2   3   4   5   6   7
munaqqid-oybek-va-o-zbek-adabiy-tanqidchiligi

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
313 
www.birunijournal.uz 
Oybek har qanday san’at asari estetik zavq berishi bilan birga, albatta, ijtimoiy 
jihatdan ham foydali bo‘lishi kerak, chunki san’at sinflarning mafkurasi, u sinfiy 
munosabatlar tarixi bilan birga takomillashib boradi

deydi. Ushbu fikrlar yosh 
adibning adabiyot borasida chuqur bilim egasi ekanligini namoyon etadi. Oybek 
o‘zbek sovet adabiyotshunosligi tarixida birinchilardan bo‘lib adabiy asarni, adabiy 
jarayonni sotsiologik metod bilan tahlil etish prinsplarini ilgari surdi. 1927-yilda 
“Qizil O‘zbekiston” gazetasida uning “Cho‘lpon shoirni qanday tekshirish kerak?” 
nomli maqolasi bosilib chiqdi. Bu maqola Olim Sharafiddinovning “O‘zbek 
shoirlari Cho‘lpon” nomli maqolasi munosabati bilan yozilgandi. Shundan keyin bu 
ikki maqola atrofida keskin bahslar boshlandi. Ko‘p o‘tmay “Qizil O‘zbekiston” 
gazetasining 1927-yildagi 22,23,27-sonlarida Oybekning ushbu maqolasiga qarshi 
Usmonxonning “Munaqqidning “munaqqidi” maqolasi e’lon qilindi. Unga javoban 
Oybek o‘zining “Munaqqidning “munaqqidi” maqolasi egasiga” nomli maqolasini 
e’lon qildi. Ikki maqolada ham yetarlicha asosli fikrlar bor edi. Akademik B.Nazarov 
“Bu sehrli dunyo” kitobida ushbu bahslarni tahlil etgan holda Oybek adabiy-tanqidiy 
faoliyatini 30-yillarda emas, 20-yillarda boshlagan degan fikrni keladi
4
. Chunki 
bunga qadar Oybekning ilmiy faoliyati 30-yillarga kelib boshlangani haqidagi fikrlar 
mavjud edi (G‘.G‘ulom. “Звезда Востокa”. 1955. №8). U Oybekning “Cho‘lpon 
shoirni qanday tekshirish kerak” maqolasini tahlilga tortadi. Dastlab maqola bilan 
chuqur tanishib chiqqan olim o‘z mulohazalarini quyidagicha bayon etadi: 
Oybekning fikriga ko‘ra, xalq Cho‘lponning mafkurasini emas, balki yaratgan badiiy 
ijod na’munalarini o‘qiydi. Munaqqid bu fikrda ijobiy bahoga loyiq nuqta borligini 
ta’kidlaydi va ayrim kamchiliklarni ham keltirib o‘tadi. Ya’ni badiiy asar g‘oyasini, 
mazmunini uning tilidan, shaklidan ayricha qabul qilish mutlaq mumkin emas. 
Chunki she’rxon avvalambor asarning g‘oyasidan, mazmunidan ozuq oladi. Ana 
shundan so‘ngina o‘z qalbi, shuuriga mos tushgan g‘oya va mazmunni ifodalagan 
shaklning, tilning totliligiga e’tibor beradi (o‘sha kitob, 28-bet). Oybekdagi bu 
yanglishish sababini uning adabiy qarashlari shakllanayotgan ilk bosqichdagi ba’zi 
bir cheklanishlar deya izohlaydi. U Oybekning Cho‘lpon bilan Pushkinni 
taqqoslashidagi ayrim xatolarini ham tahlil qiladi. 20-yillar Oybek estetikasiga o‘sha 
davr rus tanqidchiligi, xususan, Lunacharskiy maqolalarining kuchli ta’siri seziladi. 
Bu chog‘ishtirish asosida Lunacharskiyning Gogol ijodi va dunyoqarashiga oid 
fikrlari ta’siri yotsa ajabmas deydi. Shu bilan birga adibning yutug‘ini ham e’tirof 
etadi: Oybek “adabiyot ijtimoiy hayotning aks-sadosi va davrning mafkuraviy 
ko‘rinishi” ekanligini anglab yetdi. Darhaqiqat, Oybek 30-yillardan keyin yozilgan 
4
B.Nazarov. Bu sehrli dunyo. T.,1980. 24-bet. 



Yüklə 368,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin