International scientific journal of biruni



Yüklə 368,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.09.2023
ölçüsü368,99 Kb.
#146788
1   2   3   4   5   6   7
munaqqid-oybek-va-o-zbek-adabiy-tanqidchiligi

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
B.Nazarov Oybekning ilmiy faoliyatini ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni ma’qul 
ko‘radi. Birinchi guruhga Oybek ijodining ilk davrlaridan tortib, “Qutlug‘ qon” 
romani yaratilguncha bo‘lgan davr (1924-1938-yillar)ni oladi. Bu vaqt mobaynida 
Oybekning ilk adabiy-tanqidiy qarshlari shakllangan bo‘lib, olim bu guruhning o‘zini 
ham ikkiga ajratadi: 1924-1932-yillarda Oybekning ilk estetik va adabiy qarashlari 
markscha-lenincha estetika ta’siriga tushmagan davr va 1932-1938-yillar, avvalgi 
yillarga nisbatan markscha-lenincha estetika prinsplari biroz chuqurlashgan davr. 
Buning sababi 1932-yil voqealari nafaqat Oybek ijodida tub burilish yasagan, balki 
2
B.Nazarov. Hayotiylik 

bezavol mezon. T., “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1985. 45-bet.


 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
312 
www.birunijournal.uz 
butun sovet ijodkorlari uchun ham keskin o‘zgarishlar olib kelgan edi. Shundan 
so‘ng Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari jadal sur’atda rivojlanib bordi va 
sotsialistik realizmning yetuk na’munasi bo‘lmish “Qutlug’ qon” romani yaratildi. 
B.Nazarov ikkinchi asosiy davrga ushbu roman yaratilgandan keyingi davr (1938-
1968), Oybekning so‘nggi asari “Navoiy va Guli” dostoni yaratilguncha bo‘lgan 
davrni kiritadi. Bu davrlashtirish Oybek ijodiy faoliyatining kengroq o‘rganilishiga, 
har bir davrga xos xususiyatlarni yetarlicha yoritib berishga dastak bo‘lib xizmat 
qiladi. Oybekning badiiy-estetik, ilmiy-tanqidiy qarashlaridagi o‘sib boruvchi 
farqlarni ko‘rsatadi.
Oybekshunos tadqiqotchilardan biri filologiya fanlari doktori A.Sabirdinov 
Oybekning ilmiy faoliyatini uch turkumga ajratib o‘rganishni taklif etadi
3
. (Keyingi 
o‘rinlarda ushbu tasniflash bo‘yicha ma’lumot beriladi.) Birinchi turkumga 
Oybekning o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari ijodini o‘rganishga 
bag‘ishlangan maqolalarini kiritadi. Unda Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, 
Ahmad Yugnakiy, Rabg‘uziy, Xorazmiy, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, 
Bobur, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab, Munis, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, 
Gulxaniy, Mahmur, Muqumiy, Furqat kabi ijodkorlar asarlari tahlilga tortilgan. 
Ushbu maqolalar Oybekning yetuk ilmiy salohiyat egasi va mumtoz adabiyot 
bilimdoni ekanligini ko‘rsatadi. Ikkinchi turkumda XX asr o‘zbek namoyondalari 
ijodi haqidagi izlanishlar. Ularda Hamza, Fitrat, A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, H.Olimjon, 
A.Qahhor, M.Shayxzoda, S.Abdulla, K.Yashin, G‘aytariy, S.Ahmad, Shukrullo
S.Zunnunova, H.Nazir, Shuhrat, H.Sharipov, E.Vohidov kabi ijodkorlar asarlari ilmiy 
tahlilga tortilgan. Uchinchi turkumga esa jahon qardosh xalqlar va rus adabiyoti 
namoyondalari haqidagi ilmiy tadqiqotlar kiritiladi. Ularda Fuzuliy, Jomiy, Prem 
Chand, Shevchenko, A.Chexov, A.Tolstoy, M.Gorkiy, A.Serafimovich, N.Tixonov, 
M.Tursunzoda, S.Ayniy, M.Avezov, B.Kerboboyev kabi adiblar ijodi o‘rganilgan.
Ushbu bo‘linish bo‘yicha A.Sabirdinov o‘z tahlilini bayon etadi. Oybek faoliyatidagi 
keng ko‘lamlilik, har qanday yo‘nalishda yetakchilik, bilim va salohiyatga egalik 
ushbu tasniflashda ham ko‘zga tashlanadi. Chunki Oybek nafaqat o‘z davri, balki 
o‘tmish va kelajakdagi adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga javob izlagan 
edi. Uning har bir maqolasi qalb ehtiyoji bilan adabiy-ma’daniy hayotning talabi 
kesishgan nuqtada tug‘ilgandir deyish mumkin.
Oybekning tanqidchilikdagi ilk ko‘rinishi 1926-yilda yozgan “Adabiyot 
qoidalari” nomli taqrizi bo‘ldi. Bu taqzir Fitratning shu nomdagi adabiyot 
nazariyasiga oid kitobiga yozilgan edi. Unda Oybekning dastlabki adabiy-tanqidiy 
qarashlari namoyon bo‘ladi, u asosiy e’tiborini adabiyotning ijtimoiyligiga qaratadi. 
3
A.Sabirdinov. Ma’naviyat va ma’rifat chashmalari. T., “Akademnashr”, 2016. 100-bet. 



Yüklə 368,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin