International conference on innovative development of education” 2022/15



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#120048
1   2   3
47-50 (1)

ABSTRACT 
This article provides information on the sources of primary education science
educational issues, scientific research methods. 
Key words: Education, source, method, education, issues, research. 
“Tarbiya” fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Biz quyida "Tarbiya" fani manbalaridan 
ayrimlarini namuna sifatida keltirib o‘tamiz. 
“Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li 
shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta’kidlangan. Masalan, yangi milliy 
g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir. 
Qur’oni Karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni e’tiqodli, yaxshilik va 
yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta’limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan 
boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning 
asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e’tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi 
shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi. 
XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida yoshlarni adolatli, 
qanoatli va bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab bergan. Uning 
yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi. Sohibqiron Amir 


INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2022/15
49
 
Temur “Tuzuklar” asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash masalasini talqin qilgan va 
bunda shaxsda murosa (kompramiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. 
Alisher Navoiy “Hamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan. 
Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib 
yetishganini va buning uchun u eng yetuk ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi.
Jadid mutafakkiri Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” pedagogik dramasida 
bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim 
tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida yosh avlodni 
o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. 
Fransuz pedagogi Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini talqin 
qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk a’zosi 
shug‘ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o‘rnini alohida 
ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu ayol 
,,Kundaliklar,, tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda tarbiya ishi bilan 
shug‘ullanuvchi shaxsning kundaliklari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shved pedagogi Iogan Genrix Pistalotsi “Erudiga maktablar” asarida yoshlarni 
ijtimoiy tarbiyalash va bunda ularni savodxon qilish masalasiga alohida tayanish 
lozimligini asoslab bergan. Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarida amalda bo‘lgan 
savodxonlikni Alifbedan boshlash tizimini aynan Pistolotsi asoslab bergan.
AQSH pedagoglari, masalan Jon Jems, tarbiyada pragmatizm, ya’ni tarbiyaning 
amaliy natijalarini ustuvor qo‘yishadi. Unga ko‘ra, shaxsga kelgusi faoliyatida zarur 
bo‘lgan bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak.
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay 
fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya 
jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi. Shaxsga kelgusi faoliyatida zarur bo‘lgan 
bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak. Bugungi kunda ham bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu tajribalarni o‘rganishi, o‘zlashtirishi va amaliy 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin