Internal va eksternal Lokus nazorati. Reja



Yüklə 128,65 Kb.
səhifə3/4
tarix04.12.2023
ölçüsü128,65 Kb.
#172485
1   2   3   4
Internal va eksternal Lokus nazorati

MUHOKAMA
Respondentlarning ¾ qismi umumiy munosabatlar shkalasida o‘rta daraja ya’ni 73,8 % natijani berdi. Maxsus shkalalar masalasiga kelsak, aksariyat respondentlar o‘rta natijani ko‘rsatishdi. Natijada aksariyat respondentlar internallik va eksternallik xususiyatlari jihatidan qay darajada bo‘masinlar o‘zlarini qulay darajalarining qulay zonalarida his qiladilar.
Keling, qolgan natijalarni ko‘rib chiqsak. Respondentlarning ¼ qismi internallikning past darajasini ko‘rsatdi. Ya’ni ularning fikricha hayotdagi aksariyat hodisalar atrofdagi odamlarga bog‘liq deb hisoblashadi.
Ularda yuqori xavotirlilik, o‘z xatti - harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdan bosh tortish holatlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida o‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqa odamlarni ayblash xususiyatlarini kutish mumkin.
Respondentlarning atigi 3 %i internallik darajasini aniqlashga qaratilgan metodikada yuqori natijani ko‘rsatdi. Ularning fikricha barcha narsa va hodisalar sababchisi manbai o‘zlari hisoblanishadi. Ularda o‘z fikrlarini mustaqil bayon qilish va maqsadga intiluvchanlik xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, subyektiv nazorat darajasi dinamik xususiyatlardan bo‘lib, yosh o‘tishi va atrof-muhit ta’siri, shuningdek, tarbiya ta’sirida o‘zgaradi. [10, 12,13]
XULOSA
Tadqiqot bizga quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: o‘spirinlardan olingan subyektiv nazorat darajasini aniqlash metodikasi o‘spirinlarning umumiy internallikni o‘rta darajasini ko‘rsatdi. Shuningdek, tadqiqotlarga asoslanib, o‘rta darajadagi ko‘rsatkichni oilaviy va shaxslararo munosabatlarda ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqot natijasidan kelib chiqib, respondentlar oilaviy va shaxslararo munosabatlarda ma’suliyatlarini, shuningdek, xatti – harakat natijalarini tashqi omillarga yuklash darajasining pastligini aytib o‘tishimiz mumkin. Respondentlarimiz ko‘rsatgan shaxslararo munosabatlardagi yuqori internallik darajasi bizga o‘spirinlar tomonidan g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etish xavfining pastligini taxmin qilish imkonini beradi. Internallikning past darajasi esa muvaffaqiyatsizlikka munosabatlar shkalasida namoyon bo‘ldi. Ya’ni respondentlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlarida internallikning past darajada ekanligini hamda respondentlarda eksternallik xususiyatlari namoyon bo‘lishini kuzatishimiz mumkin.

Yüklə 128,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin