Internal va eksternal Lokus nazorati. Reja



Yüklə 128,65 Kb.
səhifə1/4
tarix04.12.2023
ölçüsü128,65 Kb.
#172485
  1   2   3   4
Internal va eksternal Lokus nazorati


Internal va eksternal Lokus nazorati.
Reja:

  1. Lokus nazorati.

  2. O‘spirinlarda subyektiv nazorat darajalari.

  3. Internal va eksternal tip shaxslarning xarakter aksentuatsiyasi

Kalit so‘zlar: maktab o`quvchilari, iroda psixologiyasi, lokus, internal, eksternal, fiksatsiya, nazoratni lokallashtirish, adekvat baholash, ma`suliyat, javobgarlik, respondent.

KIRISH
Lokus Nazorati (lotincha locus - joy, manzil va fransuzcha controle – nazorat, tekshirish) – shaxsning o‘z faoliyati natijalarini va mas’uliyatni tashqi omillarga (tashqi lokus nazorati)ga yoki ichki omillarga va qobiliyatlari (ichki lokus nazorati)ga yuklashdir.
Lokus nazorati muammosi psixologiya, falsafa, sotsiologiyaning turli bo‘limlarida o‘rganiladi. Subyektiv nazorat yoki lokus nazorati tushunchasi 1954-yilda amerikalik psixolog Julian Rotter tomonidan psixologiyaga kiritilgan bo‘lib, insonning hayotdagi narsa va hodisalar, voqealar va faoliyati natijalarini tashqi omillarga (eksternal, tashqi lokus nazorati) yoki ichki omillarga (internal, ichki lokus nazorati) yuklashi deb tushuniladi. Lokus nazorati "irodali harakatni nazorat qilishning lokalizatsiyasi"deb ham ataladi [1].
Internallarning quyidagi xususiyatlarini aytib o‘tish mumkin: optimizm, o‘ziga ishonch, xayrixohlik, sotsializm, qat’iyatlilik. Eksternal lokus nazorati qarama-qarshi xususiyatlarga ega: mustaqillikning yo‘qligi, ishonchsizlik, shubha. Ushbu xususiyatlarni ko‘rib chiqqandan so‘ng, tashqi lokus nazorati faqat salbiy xususiyatga ega bo‘lib, ichki lokus nazorati esa ijobiy tomonlarni qamrab olgan degan fikr paydo bo‘lishi mumkin.
Internalning yuqoridagi barcha afzalliklari subyektning fikriga asoslanib, hayotdagi hamma narsa va hodisalar uning o‘ziga bog‘liqligidir. Bu mas’uliyat nafaqat yutuqlar sohasiga, balki muvaffaqiyatsizliklar sohasiga ham tegishli.
Insonning hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tish qobiliyati ham uning lokus nazoratiga bog‘liq. Internal lokus nazoratida depressiya holatining rivojlanishiga qarshi himoya mexanizmi mavjud bo‘lib, tanadagi somatik kasalliklarni davolash bilan ijobiy holda o‘tadi. Internallar tashqi ijtimoiy ta’sirlarga qarshilik ko‘rsata olishadi. Internallarning qarorlari atrofdagi odamlarning fikrlaridan mustaqildir.
Eksternalning moslashuvchanligi axborot manbai maqomiga bog‘liq. Manba maqomi qanchalik baland bo‘lsa, eksternallar shuncha fikrlarini o‘zgartiradi. Internallarning fikriga axborot maqomi deyarli ta’sir qilmaydi. Internallar o‘zlarining baxtsizliklari ustida keskin salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirmaydilar, umumiy erishilgan yutuqlar va hayot darajasini tezda tiklaydilar.
Yuqorida tavsiflangan subyektiv nazorat turlarining har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Tashqi lokus nazoratiga ega bo‘lgan kishilar apatiya, mas’uliyatsizlik, infantilizm va nochorlikni his etadilar. O‘ziga talabning kuchayishi, shuningdek, hamma narsa va hodisalarni nazorat qilish istagida bo‘lgan internallar sezilarli darajada depressiya va boshqa psixik kasalliklarga duch kelishlari mumkin.

Yüklə 128,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin