Instituti


“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani
barcha 
magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar o`rganishlari 
zarur. Bu fan talabalarni ilmiy ijod bilan shug’ullanishga, ilmiy tadqiqot ishini olib 
borishga va uning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish va kelajakda ilmiy 
kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir.
 
2.Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya. 
 
Ilmiy tadqiqot
– bu real dunyo hodisalarini, qonuniyatini va ob`ektiv haqiqatini 
o`rganish (bilish) jarayonidir.
Bilim 
– ob`ektiv mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma`lumotlar 
majmuiga ega yoki xabardor bo`lish. 
O`rganish (bilish) 
- ilmiy tadqiqot natijasida odam ongining, odam fikrining 
bilmaslikdan bilimga, noto`g’ri bilimdan to`laroq va aniq bilimlarga qiladigan 
murakkab harakatidir.
Ilm
– kishining o`qish, o`rganish va hayotiy tajriba asosida orttirgan bilimi, 
ma`lumoti.
Ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tadqiqot ishlari, har qanday ijodiy mehnat kabi uchta 
asosiy tashkil etuvchidan iborat:

odamning maqsadli faoliyati, ya`ni ilmiy tadqiqot mehnati;

ilmiy tadqiqot predmeti; 

ilmiy tadqiqot vositalari.
O`rganish va izlanishning konkret usullarini va 
ilmiy tadqiqot vositalarini
(o`lchovchi, hisoblovchi va h.k.) ishlatgan holda tadqiqot ob`ekti (
ilmiy tadqiqot 
predmeti
) haqida yangi va aniq bilimlarni o`rganish uchun odam 
maqsadli ilmiy 
faoliyatini 
amalga oshiradi.
Ilmiy tadqiqot predmeti
– bu ilmiy tadqiqot jarayonida o`rganiladigan ob`ekt.
Tadqiqot ob`ekti bo`lib moddiy dunyoning har qanday 
predmeti
(masalan, 
avtomobil, jihoz, val va h.k.), 
hodisasi
(massa almashinuv jarayoni, dvigatel 
silindridagi ishchi aralashmaning yonishi va h.k.) hodisalarning bir-biriga 
bog’liqligi
(masalan, valning yeyilish darajasi va unga tushadigan yuklama orasidagi 



bog’liqlik va h.k.), 
xossalar
(masalan, avtomobil dinamikasi, moylovchi moddaning 
qovushqoqligi va h.k.) xizmat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin