Inson obrazi baddiy adabiyotning o'zagi sifatida. Mundarija: Kirish. I. Bob. Inson obrazining baddiy adabiyotdagi talqini



Yüklə 70,16 Kb.
səhifə2/7
tarix08.02.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#83492
1   2   3   4   5   6   7
Jurnalistika fakulteti

Mavzuning o`rganganlik darajasi. Istiqlol adabiyotining estetik va bugungi adabiyotshunosligi, adabiy tanqidchiligining eng dolzarb, eng ommabop mavzusi bo`lganligi sababli o`zbek adabiyotshunosligida mustaqillk she`riyatining bir qator o`ziga xos tomonlarini ilmiy-nazariy jihatdan o`rganuvchi fundamental tadqiqotlar yaratilgan. Adabiy tanqidning nazariy masalalariga bag`ishlangan monografiya va tadqiqotlar, o`quv-qo`llanmalari, realistik adabiyot va adabiy jarayon, tanqidchilikning hayotga ta`siri masalalarini o`rganuvchi to`plam va maqolalarda ushbu mavzuda atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, P.Qodirov, O.Sharafiddinov, I.Haqqul, M.Qo`shjonov, U.Normatov, B.Nazarov, B.Imomov, D.Quronov, U.Hamdamov, H. Karimov kabi adabiyotshunoslarning yangi o`zbek she`riyati masalalariga bag`ishlangan qator maqolalari, darslik va qo`llanmalari e`lon qilindi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
-Inson - baddiy adabiyotdagi asosiy obraz sifatida talqini o'rganish
-Badiiy obraz va inson obrazi ko'rinishlari bilan tanishish
-Baddiy adabiyotda inson obrazi ko'rinish turlari va ularning ahamiyatini ko'rib chiqish
-Badiiy adabiyotda inson obrazning bir qator ko‘rinishlari bilan tanishish
-Badiiy adabiyotda inson obrazning xususiyatlari o'rganish.
Kurs ishining tarkibi . Kurs ishimiz kirish , 2 ta bob , xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I.Bob.Inson obrazining baddiy adabiyotdagi talqini.
1.1.Inson - baddiy adabiyotdagi asosiy obraz sifatida talqini.
Har bir hodisaning tub mohiyatini belgilaydigan o‘ziga xos asosi bo‘ladi. Ana shu negiz uni boshqa narsa-hodisalardan farqlantirib turadi. Tarix, geografiya, fizika, kimyo, matematika, biologiya singari fanlar o‘rtasida muayyan bog‘lanishlar bo‘lsa-da, ular orasida jiddiy tafovutlar ham mavjud. Bu farqlar, avvalo, ularning tarkibiy qismlaridan kelib chiqadi. Masalan, biologiya fanini olib qaraydigan bo‘lsak, uning botanika tarmoo‘ida o‘simliklar dunyosi tekshirilsa, zoologiya yo‘nalishida hayvonot olami o‘rganiladi. Shu singari adabiyotshunoslikning adabiyot tarixi qismida so‘z san'ati tarixi, adabiyot nazariyasi qismida adabiyotdagi o‘zgarishlar, yo‘nalish, tamoyillar, nazariy masalalar, adabiy tanqid qismida esa joriy adabiyot hodisalari, adabiy jarayon muammolari tadqiq etiladi. Folklorshunoslikda xalq og‘zaki adabiyoti, matnshunoslikda adabiy-badiiy asarlar matni tahlil qilinadi. Bu adabiyotshunoslik uchun o‘rganish manbasi yagona — badiiy adabiyot asarlari ekanligini bildiradi. Ana shu manbaning o‘ziga xos bosh xususiyati badiiylikdir. Badiiylik esa, avvalo, borliq hodisalarini jonlantirish, ularga insonga xos xususiyatlarni ko‘chirishdir. Badiiylik ijodkorning o‘z fikrini o‘quvchiga xuddi o‘zi his qilgan, idrok etgan darajada tushuntira olishdir. Badiiylikning yuksak ko‘rinishi obrazlarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorning iqtidori, uning san'atkor sifatidagi mahorati u yaratgan badiiy obrazda namoyon bo‘ladi.
Inliz adabiyotshunosi Iglton har qanday asar emas, hayot voqyeligi badiiy obraz vositasida gavdalantirilgan asargina badiiy asar sanaladi, deydi. Hayot voqyeligining aksi bo‘lgan badiiy obraz esa turmushdagi hodisalarning shunchaki aksi emas, balki muayyan ideal asosida ijodiy qayta ishlangan ko‘rinishi bo‘lib, u o‘zida konkretlilik va umumiylikni ifodalaydi. Masalan, A.Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasidagi Qobil bobo, “Bemor” hikoyasidagi Sotiboldi, “Anor” hikoyasidagi Turobjon obrazi aniq bir kishi bo‘lishi barobarida, o‘zida ko‘plab odamlarning ahvoli, taqdirini mujassamlashtiradi. Iglton badiiy obrazning ana shu jihatini e’tiborga olib: “Don Kixot” bosh qahramoni to‘g‘risida yozilmagan: qahramon har yoqqa sochilib yotgan voqyealarni bir joyga jamlab naql qilish vositasi, xolos” deydi. (O‘sha manba. 22-bet).
Obraz faqat san'atgagina xos hodisa emas. Ilm-fanda ham obraz mavjud. Unda obraz muayyan fikr, g‘oyani isbotlash, tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Ilm-fandagi obraz voqyea-hodisaning shunchaki surati, ko‘rinishi, nusxasini bildiradi. San'at va adabiyotdagi obraz esa voqyea-hodisalarning oddiy nusxa yoki surati emas, balki ularning “chizib, yo‘nib, o‘yib yasalgan”— ta'sirchan qiyofaga keltirilgan holatidir.
San'at va adabiyotdagi obrazning ilm-fandagi obrazdan ko‘ra ta'sirchan bo‘lishining asosiy sababi unda voqyea-hodisalar ijodkorning aql-tafakkuri, qalb quvvati bilan boyitilganidadir. Haykaltarosh oddiy xarsang tosh, yoo‘ochni chizib, yo‘nib, o‘yib shakl beradi, ya'ni obraz yaratadi. Musavvir borliq hodisalarining dabdurustdan sezish, payqash mushkul bo‘lgan qirralarini ta'sirchan bo‘yoq, rang, chizgilar vositasida xuddi jonliday, harakatlanayotganday namoyon etishga intiladi.
Shoir, yozuvchi esa so‘z vositasida voqyelikning yorqin manzarasini yaratishga harakat qiladi. Kishilarni turli vaziyatlarda so‘zlatadi. Ularning holat, ko‘rinishlaridagi eng e'tiborli jihatlarni gavdalantiradi, ko‘nglida kechayotgan o‘y, xayolidagi manzaralarni ma'lum qiladi. So‘z shoir, yozuvchining badiiylik yaratishdagi asosiy quroli sanaladi.
Endi bevosita badiiy obraz nima ekanligini sharhlaydigan bo‘lsak, avvalo, adabiy asarda (umuman, san'atning barcha turlarida) tasvirlangan inson, narsa-buyum, hodisalarning barchasi obraz deb yuritiladi. Chunki ularning har biri hodisaning ma'lum bir qirrasi, jihatini o‘zida namoyon etib, voqyelikni to‘la tasavvur etish imkonini beradi. Biroq “obraz” terminini, avvalo, insonga nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiq. Chunki san'at va adabiyot asarlarida hayotni ko‘rsatishdan ko‘zda tutilgan maqsad avvalo insondir. Haqiqatan ham san'at va adabiyotda tabiat hodisalari, o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami aks ettirilganida ham inson nazarda tutiladi, kishilarning hayoti, manfaati e'tiborda turadi.
San'at va adabiyotda “obraz” deyilganda inson nazarda tutilar ekan, demak, u ijodkorning maqsad, muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviridir. Yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh bu kishini o‘z hayotiy kuzatishlari, tajribasi, xayoli quvvati bilan yaratadi. V.Belinskiy san'at va adabiyotda obraz deyilganda inson e'tiborga olinishini ta'kidlar ekan, “Tabiat san'atning timsolidir, lekin undagi eng oliy predmet esa albatta inson hisoblanmog‘i kerak”, deydi. (Polnoe sobranie sochineniy. T.7. — S.312.). Chunki inson san'at va adabiyotning asosiy tasvir vositasi ekanligi haqiqatdir. Jumladan, asosiy qahramonlari hayvonlar bo‘lgan masallarda ham odamlarning harakat-holatlari ramzlantiriladi.
Shuningdek, “badiiy obraz” deyilganda inson bilan birgalikda ijodkor qo‘llagan ifodalar, ko‘chma ma'no beruvchi so‘z, iboralar ham tushuniladi. Masalan:
Saraton chog‘i bu — zarra shamol yo ‘q,
Tutlar kavagida mudrar g‘urraklar.
Nogahon falakka urgan kabi do ‘q,
So ‘zsiz qotib turar bo ‘ychan teraklar.
Osmon lov-lov yonar oftob qo ‘ridan,
Ufqda sarobdan otashin baldoq.
Chinqirib yuborar kunning zo ‘ridan Qaygadir berkinib olgan chirildoq
(Abdulla Oripov)
satrlarida yozning avji issiq kunlari manzarasi chizilgan. Bu manzarada saratonning jazirama kunlaridagi O‘zbekiston zamini tabiati ko‘rsatilgan. Issiqdan lohas bo‘lib, tutlar kavagidan panoh topib mudrayotgan o‘urraklar, osmonga bo‘y cho‘zgancha qimir etmay turgan teraklar — janub saratonining aniq qiyofasi. Issiqning zo‘ridan osmon ham xuddi oftob qo‘rida qolganday yonmoqda. Ufq oftobdan olovli baldoq-sirg‘a taqib olgan. Qaygadir yashirinib olgan chirildoqlar harorat balandligiga toqat qilolmay chinqirib yubormoqda, deyish orqali shoir xayolda saraton suratini namoyon qiladi. Xayolda da'fatan paydo bo‘lib, ko‘ngilda ajoyib umidlar uyg‘otadigan bu rangin manzaralar so‘zlarning mahorat bilan qo‘llangani tufayli vujudga kelgan.
Badiiy obraz termini asarda qo‘llangan badiiy vositalar (o‘xshatish, sifatlash, mubolao‘a kabi)ga nisbatan ham ishlatilati. Shuningdek, muayyan davrga xos manzaralarni qabariq, ta'sirchan holda gavdalantirishga insbatan ham “bu asarda davrning o‘ziga xos obrazi gavdalantirilgan” deyiladi. Bundan anglashiladiki, badiiy obrazning ikki muhim xususiyati mavjud. Birinchidan, obrazda hodisalarning muhim xususiyatlari umumlashtiriladi. Ikkinchidan, unda muayyan aniqlik (yakka hodisa, alohida bir odam) aks etadi. Demak, obraz ham umumlashgan, ham individuallashgan xususiyatni o‘zida gavdalantirgan hodisadir. Ayon bo‘ladiki, badiiy obraz borliq hodisalarining shunchaki nusxasi emas. Badiiy obraz, avvalo, ijodkorning kashfiyoti, uning ijodiy mehnati mahsulidir. Ijodkor obraz yaratish uchun o‘zicha izlanadi. Uning bu ishiga chetdan yordam ko‘rsatib yoki hashar qilib bo‘lmaydi. Badiiy obraz yaratish har bir ijodkorning o‘z ishi. U bu ish jarayonida o‘z xayoloti, aql - tafakkuriga tayanadi. U o‘zicha nimalarnidir to‘qiydi, xayolida turli-tuman manzaralar chizadi.
Badiiy asarning ta'sirchan, jozibali chiqishini ta'minlash uchun har bir ijodkor, albatta, badiiy to‘qimadan foydalanadi. Badiiy to‘qima obrazning ichki-tashqi qiyofasi, maqsad, intilishlarini namoyon etuvchi voqyealarni o‘ylab topishdir. Badiiy to‘qima obrazning qiyofasini yorqin ettirganidek, asardagi voqyealarning qiziqarliligini ta'minlaydi. Chunki badiiy to‘qima ijodkorga mavjud voqyelikni aslidagidan ko‘ra keskinroq, shiddatliroq, qiziqarliroq ko‘rsatish imkonini beradi.
Badiiy to‘qima yolg‘on, uydirma bo‘lsa-da, u o‘quvchini ishontirishi, ta'sirlantirishi, o‘ylantiradi. Aniqrog‘i, shunday bo‘lishi shart. Badiiy to‘qima hayotning odatdagi mantig‘iga muvofiq kelish-kelmasligidan qat'i nazar, u qahramon qiyofasini yorqinlashtirsa, o‘quvchining tasavvuriga qandaydir yangiliklar olib kirsa, bu — ijodkorning yutug‘idir. Barcha san'at asarlarini barkamol qilgan hodisa, avvalo, badiiy to‘qimadir. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”i ham, Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Bemor”i ham, Abdulla Oripovning she'rlari ham badiiy to‘qima asosida yaratilgan asarlardir. Ularda badiiy to‘qima asosida mavjud hayotning ta'sirchan manzaralarini ko‘rsatilgan.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton : “Agar shoir mening sevgilim qizil gulga o‘xshaydi, desa, biz bunga ishonamiz. Shoirning ehtirosga to‘la bu kabi so‘zlarini eshitganimizda, o‘qiganimizda biz unga hyech qanday e'tiroz bildirmaymiz. Chunki shoirning o‘z ma'shuqasini qizil gulga qiyoslashi g‘alati tuyulmaydi, hyech kimni ajablantirmaydi. she'rda so‘zlarning muayyan tartib bilan jarangdor musiqiylik hosil qilishi hyech qanday e'tiroz bildirishga o‘rin qoldirmaydi. Negaki shoir qandaydir ayolni ta'riflash orqali muhabbat tuyg‘usini madh etadi. Shoirning so‘zlari, umuman, adabiyot biologiya darsligi yoki sut sotuvchining qaydlari singari
biror bir ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, biz uni xush qabul qilamiz. Chunki unga ehtiyojimiz bor” deydi (Iglton T. Teoriya literaturbi: Vvedenie. 27-bet).
Badiiy to‘qima asosida ta'sirchan badiiy obrazlar yaratadigan ijodkorning muayyan maqsad, muddaosi bo‘ladi. U qahramonlari qiyofasi, fe'1-atvorini ham, davr hodisalarini ham o‘z maqsadiga muvofiq ko‘rsatishga harakat qiladi. Ijodkor hodisalarni gavdalantirishda xolis turganday bo‘lsa-da, u albatta nimalarnidir yoqlaydi, nimalarnidir inkor etadi. Uning bu munosabati ochiq-oshkora yoki yashirin, pardalangan tarzda bo‘lishi mumkin. Adabiyotda mavjud ana shu holatni nazarda tutilib, sovetmafkurasi hukmron davrlarda badiiy asarlardagi qahramonlar keskin tarzda ijobiy va salbiyga ajratilgan. Qahramonlarni bu tarzda ikki guruhga ajratishining bosh sababi sovet adabiyotida kishilarga ijtimoiy-sinfiy nuqtai nazardan qaralishida, odamlar mulkdor, mulkdor emasligiga qarab, boylar va kambag‘allarga bo‘linishida edi. Boylar ezuvchilar, ya'ni ekspluatatorlar deyilardi. Ular boshqalar mehnati evaziga boylik orttiruvchilar, kishilarni ezuvchilar deb la'natlanardi hamda aksariyat adabiy asarlarda boylar salbiy qahramon sifatida ko‘rsatilardi. Kambao‘allar esa xo‘rlangan, haqoratlangan kishilar sifatida gavdalantirilar va ular ijobiy qahramon deb ardoqlanardi.
Aslida boy va kambag‘allar hamisha, hamma mamlakatlarda bo‘lgan. Bu tabiiy hodisani sun'iy yo‘llar bilan bartaraf etish mushkul. Chunki har bir inson o‘z rizqu nasibasi va xatti-harakatiga muvofiq yashaydi. Birov aqlliroq, tadbirkorroq, kimdir bo‘sh-bayov, kamharakat, yalqov bo‘ladi. Uquvliroq, harakatchanroq odam durustroq daromad topadi, badasturroq yashaydi. Landovurroq kishi esa undan kamroq mehnat qilgani uchun nochorroq ro‘zg‘or tebratadi. Kishilarning aql-tafakkuri, aqliy va jismoniy mehnatga uquv, layoqati bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun odamlarning moddiy turmush darajasini hyech qachon bir xil qilib tenglashtirib bo‘lmaydi. Zo‘rlik, tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan tenglashtirish joriy qilinsa, kishilarda boqimandalik kayfiyati kuchayadi, taraqqiyot keskin tarzda sustlashadi.


Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin