Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida
50 kishigacha
Fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida
25 kishigacha
Kichik biznesning mezonlarini belgilash zaruriyati kichik korxonalarning davlatning jiddiy yordamiga muhtojligidan kelib chiqadi, bu yordam adresli bo’lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo’naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o’rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o’rni va rolini aniqlash uchun zarur
Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanishi darajasi (2022 yil)
Kichik biznesda bandlarning umumiy bandlikdagi ulushi (%)
Kichik biznesning YaIMdagi ulushi (%)
Buyuk Britaniya
2930
46
49
50-53
Germaniya
2290
37
46
50-54
Italiya
3920
68
73
57-60
Frantsiya
1980
35
54
55-62
AQSH
19300
74
54
50-52
Yaponiya
6450
50
78
52-55
jadvaldan ko’rinishicha, bir qator mamlakatlarda kichik biznesning umumiy iqtisodiyotdagi ulushi ancha katta va hatto ustuvordir. Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko’prog’i shu sohada ishlaydi va bu sohada butun mahsulotning 50-60 foizi ishlab chiqariladi.
Shunday qilib, har qanday mamlakatning iqtisodiy salohiyatida kichik biznesning roli g’oyatda kattadir. Boshqacha qilib aytganda, u davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab-yashnashining garovidir. SHuning uchun O’zbekistonda kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlanishini rag’batlantirishga katta e’tibor qaratilgan.
Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba to’plangan bo’lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin