Innovatsiya tushunchasining mazmuni


). O‘zidan avval o‘tgan olimlarni sharhlovchilar, qiyinlarini osonlashtiruvchilar, tushunarliroq rivoj topganini izohlovchilar; 2)



Yüklə 21,98 Kb.
səhifə3/4
tarix14.11.2022
ölçüsü21,98 Kb.
#69000
1   2   3   4
INNOVATSIYA TUSHUNCHASI UNIGN MAZMUN VA MOHIYATI

1). O‘zidan avval o‘tgan olimlarni sharhlovchilar, qiyinlarini osonlashtiruvchilar, tushunarliroq rivoj topganini izohlovchilar;
2). Avvalgilarning asarlaridan nuqson topuvchilar, sochilib yotgan fikrlarni umumlashtiruvchilar;
3). Fanda yangi yo‘nalishlar, noma’lum qonun-qoidalarni kashf etuvchilar.
Ularning har biri olimdir. Lekin uchinchi toifadagi olimlar –fanni yangi, innovatsion fikrlar bilan rivojlantirib boruvchi kashfiyotchilardir.
Kashfiyot” va “ixtiro” tushunchalarining innovatsion xarakteri
Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir. Kashfiyot ob’ektlari uch xil bo‘lishi mumkin: a). Qurilma bo‘yicha kashfiyot; b).Usul bo‘yicha kashfiyot; v). Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyot.
Qurilma bo‘yicha kashfiyotlarga ma’lum konstruktsiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Usul bo‘yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo‘ladi. Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.
Ixtiro shunday ijodki, unda mavjud bilimlar, nazariyalar asosida tabiiy narsa va hodisalardagi modda, energiya va shaklni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish yo‘li bilan u yoki bu funktsiyani bajaradigan buyumlar, asbob uskunalar, moslamalar va texnologiyalar yaratiladi. Ixtiro bevosita bunyodkorlikka olib keladigan ijoddir. Insoniyat yaratgan sun’iy (madaniy) muhitdagi barcha narsalar o‘z vaqtida qilingan ixtirolarning natijasidir.
Ilmiy tadqiqot sohasida ixtiro yangi eksperimental uskunalar, izlanish vositalari va usullar, modellar va laboratoriyalarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Sohalariga qarab yangilikni yaratish ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Yangilik ochilsa,u birinchi marta kuzatish ob’ektiga aylansa-kashfiyot hosil bo‘ladi, agarda oldin mavjud bo‘lmagan tuzilma yaratilsa, unda ixtiro vujudga keladi.

Yüklə 21,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin