Innovatsion yondashuv


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#174826
1   2   3   4   5
11-15

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-7, Issue-1, April - 2022
 
13 
Innovatsion jarayonni, yangilikni yuqoridan emas, pastdan, o‘zini - o‘zi 
rivojlantirish prinsipidan kelib chiqib innovatsion g‘oyani ma’lum guruh 
o‘qituvchilar tashabbus ko‘rsatib, ishlay boshlaydilar. Innovatsion g‘oyani amalga 
oshirish ishlarini boshqa hamkasblari qo’llab - quvvatlab, ular ham shu yo‘sinda ish 
tuta boshlaydilar. 
Bunday holatlarda bir guruh o‘qituvchilar ham yangicha ishlash ishtiyoqi bilan 
tajriba - sinov ishlarini amalga oshiradilar. Shu asosda maktab o‘quv jarayoniga 
yangilikni kiritish ishlari boshlanib ketishiga sabab bo’ladi. Albatta bu holatda ham 
yangilikni tatbiq etishda qarama - qarshiliklar bo’lishi mumkin. Bunday holatda 
ko‘pchilikning fikrlari g‘olib chiqadi. Va asosda yangilikni zarurligi, o‘z vaqtida 
amalga oshirish ta’lim sifatiga erishish garovi ekanligiga ishonch hosil qilinadi. 
Yuqorida keltirilgan “yuqoridan” tashabbus asosida yangilikni o‘quv 
jarayoniga qo‘llanishini “pastdan” tashabbusga nisbatan qarama - qarshi qo‘yish 
mumkin emas. Ammo yangilikni yuqoridan markazlashtirilgan holda kiritilganda 
o‘qituvchilarning innovatsion tashabbuskorligi pastroq darajada bo’lishi kuzatiladi. 
Shu sababli maktab rahbarlari yangiliklarni pedagogik faoliyatga kiritishni 
rejalashtirishda: yangilikni maqsad va vazifalarini, uni o‘quv jarayoniga kiritishning 
real imkoniyatlari, ped.jamoa uchun ijodiy muhit yaratish, ta’lim -tarbiyaviy ishlarni 
yangicha ishlash modelini, maktabning moddiy - texnik imkoniyatini, tajriba - 
sinovni olib borish texnologiyasini boshidan oxirigacha mantiqiy ketma - ketligini 
ped.jamoaning o‘zi bilan hamkorlikda ishlab chiqishi kerak. Kelgusida maktab 
rivojlanuvchi rejimida ishlashi, sifat samaradorlikni kafolatlashiga ishonch hosil 
qilishi kerak. Pedagogik jamoa esa, ijodkor o‘qituvchidan - ijodkor pedagogik jamoa 
majmuasiga aylanishiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Innovatika fan sifatida yangiliklarni yaratilish qonuniyatlarini, ularni 
o‘zlashtirish va tarqatish, tatbiq etish jarayonini o‘rganadi. (V.A.Slastyonin, 
P.S.Podbimova) 
Avvalo innovatsiyalar novator, bunyodkor, izlanuvchan ijodkor, yil 
o‘qituvchilari ko‘rik tanlovlarida ishtirok etgan o‘qituvchilar faoliyatida kuzatiladi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin