Innovative development in the global science


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#151604
1   2   3   4
182-188

INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA 
184 
yuqori sinfdan boshlab yoziladi. Masalan, uch yuz olti ming olti yuz o‘n uch sonini 
yozish uchun quyidagicha mulohaza yuriting: 
1) Bu sonda ikkinchi sinf birligi nechta ekanini yozaman (306). 
2) Birinchi sinfning birliklarini yozaman (613). 
Sinflar orasida biroz joy qoldiriladi. Yozilishi: 306 613. 
0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yordamida ixtiyoriy sonni yozish mumkin. Son 
yozuvidagi raqamning qiymati uning shu yozuvda o‘zi egallagan o‘rniga bog‘liq 
bo‘ladi. 309 451, 697 038, 173 006 sonlarini o‘qing. Birinchi sonning yozuvida 3 
raqami 3 yuz mingni, ikkinchi sonning yozuvida 3 o‘nlikni, uchinchi sonning 
yozuvida 3 mingni anglatadi. 
Ko’p xonali sonlarda qo’shish va ayrish malakalari bilan tanishishishni boshlymiz. 
(4-sinf. Matematika darsligi. 47-bet) 
(4-sinf. Matematika darsligi.45-bet) 
Hisoblashning mana shunday shakli va hisoblanishini biz avvalgi darslarda bir necha 
bor ko’rdik va bajardik. Endi esa xuddi shu usulni ozroq murakkablashtiramiz va 3 
ta sonni ustun shaklida hisoblaymiz. bu usulni 4-sinf darsligida quyidagicha ko’rish 
mumkin.


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
July , 2022 Boston, USA 
185 
(4-sinf. Matematika darsligi. 46-bet) 
Bunda ham xuddi ikkitali sonni qo’shish kabi uchchala son ham ustma-ust yoziladi. 
Xona birliklari qo’shiladi. Dilda saqlangan sonlar keyingi xona birliklariga qo’shib 
ketiladi. Ayrish misollarini ham yuqoridagi ko’rinishda ishlash mumkin. Lekin bu 
tarzdagi misollarni darslikda berilmaydi. Chunki bu usullar yuqori sinflarda batafsil 
tushuntirilgani ma’qul. Aks holda, bola misol ishlash jarayonida chalkashliklarga, 
muammoli vaziyatlarga duch keladi.
Shuningdek, o’quvchilar amallarni bajarish jarayonida agar ifoda faqat 
ko‘paytirish va bo‘lish amallaridan iborat bo‘lsa, amallar ketma-ket (chapdan 
o‘ngga) bajarilishi haqida tushunchaga ega bo’lgan edilar. Lekin to’rt arifmetik 
amal birga qo’llanganda avval ko’paytirish va bo’lish, so’ngra qo’shish va 
ayrishning ham chapdan o’ngga tomon hisoblanishi haqida ham ko’nikmalarga ega 
bo’lishlari lozimdir.
Bu darslarning batafsil o’tilishidan maqsad o’quvchilarda qo’shish va ayrish 
malakalarining mustahkamlanishi, ushbu arifmetik amal qoidalarini har qanday 
holatda mustaqil qo’llay olishga o’rgatish, hisoblash malakalrining shakllanishi va 
bu bilimlarning yuqori sinflarda o’tilajak mavzularga asos bo’lib xizmat qilishini 
ta’minlashdan iboratdir.

Kerakli adabiyotlar: 


1.
,,Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” S.Alixonov. 
2.
,,Matematika o’qitish metodikasi” M.E.Jumaev. 
3.
,,Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi” M.E.Jumaev. 
4.
,,Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” N.Bikbaeva.
R. Sidelnikova. G.Adambekova.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin