Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘ladi: 1)
Create a new project (YAngfi loyiha yaratish);
2)
Open an excisting project (YAratilgan loyihalardan birini ochish);
3)
Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);
4)
Exit Autoplay media studio (Dasturdan chiqish).
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda
taklif rus tilida, inglizcha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif ingliz tilida
bo‘ladi.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos Scriptlar uchun
tayyor kodlar to‘plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq
foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul.
43
SHunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Create a new project”
bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan
iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi :
Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida
mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o‘zimiz istagan yangi
loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan
loyiha tanlangan
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega
1.
Dastur oynasining sarlavha satri.
2.
Dastur oynasining menyu satri.
3.
Instrumentlar paneli satri.
4.
Project explorer muloqot oynasi.
5.
Properties muloqot oynasi.
6.
Holat satri.
Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani
boshqarish elementlari joylashgan.
44
AutoPlayda q o‘llaniladigan ob’ektlar AutoPlayda har bir loyiha uchun bir yoki bir nechta sahifalar to‘plami
taqdim etiladiki, bu sahifalar bilan ishlaganda bir nechta obektlardan foydalanish
mumkin. Bu obektlardan har birining alohida funsiyalari mavjud bo‘lib, ular
orqali dasturni boshqarishda foydalanuvchi uchun muloqot interfeysini yaratish
alohida ahamiyat kasb etadi.