Sana ____________________ Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 28-dars.
Mavzu: Sanoq sistemalari haqida
Maqsad: O`quvchilarga sanoq sistemalari haqida tushuncha berish
Darsning borishi:
I. Tashkiliy davr
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash
II. Takrorlash
Kodlash deganda nima tushuniladi?
Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?
Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?
Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?
Alilbo bilan bog`liq qanday kodlash usullari bor?
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Hozirgi kunda ishlatilib kelayotgan 1, 2, 3, ... , 9, 0 raqamdan iborato'nlik sanoq sistemasi axborotni kodlashning yana bir usuli hisoblanadi.Yurtdoshimiz Muhammad al-Xorazmiy 0 raqamini kiritib bu arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi turgan o'rniga bog'liq holda
amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirgan. Shuning uchun ham bu kodlash sistemasi ustida qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish kabi arifmetik amallarni bajarish juda oson.