Infeksiya haqida ta’limot patogenlik va virulentlik o’rganish usullari Reja: 1



Yüklə 1,2 Mb.
tarix10.12.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#73535
1531723016 67532


Infeksiya haqida ta’limot patogenlik va virulentlik o’rganish usullari
Reja:
1. Infeksiya, infeksion jarayon to’g’risida tushuncha
2. Infeksion kasalliklarning qo’zgatuvchilari, mikroorganizmlarning xarakteristikasi
3. Infeksion kasalliklarning yo'qish yo'llari
Parazitizm (yunoncha parasitos —tekintomoq, tekinxo’r degan so’zdan olingan) bir turdagi organizmning boshqa organizm xisobiga oziqslanib, unga ziyon-zaxmat etkazadigan o’zaro munosabatlarini bildiradi. Parazit mikroblar odam va xayvonlarda uchraydigan infeksion kasalliklar qo’zg’atuvchilarining katta gruppasini tashkil etadi. Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari, aftidan, tirik organizmda yashashga uzoq moslashib borish natijasida vujudga kelgan.
Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik. virulentlik. spetsifiklik va organotroplik xossalariga egadir. Patogenlik yoki kasallik paydo qilish xususiyati infeksion kasalliklar quzg’atuvchilarining turiga xos belgisi bo’lib, nasldan naslga o’tib boradi.
Mikroorganizm bilan xo’jayin organizmi o’rtasidagi murakkab o’zaro ta’sir jarayonini «infeksiya» termini bilan belgilanadi. Bu—mikroorganizm bilan patogen mikroblar o’zaro ta’sirining har qanday shaklini o’z ichiga oladigan biologik xodisadir.
Infeksiya, infeksion jarayon to’g’risida tushuncha
Ko’pgina patogen mikroblardagi biriktiruvchi to’qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialuronidaza fyormyonti topilgan. Bu — mikroblarning organizmga tez tarqalishiga yordam beradi. Gazli gangrena quzg’atuvchilari qon va turli organ xujayralarining pardalarini emiradigan letsitinaza fermentini ishlab chiqaradiki, bu mikrob yuqqan xayvonlarning tez xalok bo’lishiga olib keladi.
Infeksion kasalliklarning yuqish yo’llari
Infeksiya manbai tirik organizmdir, tirik organizmda kasallik quzg’atuvchisi o’zining xayot faoliyati va ko’payishi uchun hammadan ko’ra qulay sharoitlarni topadi va shu erdan tashqi muxitga chiqib turadi. Infeksiya manbai sifatida kasal odamlar bilan xayvonlar hammadan ko’ra katta axamiyatga ega bo’ladi, bular kasallik juda avj olgan paytda bir talay quzg’atuvchilarni tashqariga chiqarib turadi.
Infeksion kasalliklarning qo’zgatuvchilari, mikroorganizmlarning xarakteristikasi
Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati yoki invazionligi biriktiruvchi to’qimani emira oladigan yoki xar xil xujayralarning po’stlarini parchalay oladigan fermentlar ishlab chiqarishiga bog’liq.
Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz va zoonoz infeksiyalar tafovut qilinadi.
Antroponoz infeksiyalar faqat odamni shikastlantiradi va bularda bemor yoki bakteriya tashuvchi infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Antroponoz infeksiyalarga korin tifi, dizenteriya, vabo, qizamiq, suzak, zaxm va boshqalar kiradi.
Antropozoonoz infeksiyalar odamga ham, xayvonlarga ham yuqa beradi. Bularda kasal xayvonlar va odam infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Toun, tulyaremiya, kuydirgi, sil va boshqalar ana shunday infeksiyalar jumlasiga kiradi.
Zoonoz infeksiyalar faqat xayvonlarni kasallantiradi. Zoonozlarning quzg’atuvchilari odam organizmiga tushsa ham, odamda kasallik keltirib chiqarmaydi. Biroq «zoonozlar» terminidan ko’pincha antropozoonoz infeksiyalarni atash uchun foydalaniladi
Dizenteriyada kasallik iflos qo’llardan va axlat tegib qolgan meva hamda sabzavotlardan yuqadi. Infeksiya o’tishining shu yo’li ichak infeksiyalari — korin tifi, paratiflar, vabo, dizenteriya uchun xarakterlidir.
Infeksiyaning xavo-tomchi yo’li bilan o’tishida kasallik quzg’atuvchisi yutalish, aksirish vaqtida balg’am va sulak tomchilari bilan birga tashqi muxitga tushadi. Odam mana shu quzg’atuvchilar bilan ifloslangan xavoni nafasiga oladigan bo’lsa kasallik yuqib qoladi.
Adabiyotlar:

1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin