76
37-rasm. Spermatidaning spermatozoidga aylanishi (spermatogenez)
(B.Karlson, 1983 bo‘yicha)
1-spermatida yadrosi; 2-golji
apparati;3-sentriola; 4-akrosoma hosil
bo‘lishining
boshlanishi; 5-mitoxondriya; 6-xivchin; 7-akrosoma po‘sti; 8-
proksinal sentriola; 9-distal sentriola; 10-spermatozoidning boshi; 11-mitoxondriya
spirali; 12-sitoplazma qoldig‘I;13-bosh; 14-bo‘yin;15-o‘rta qism; 16-dum; 17-
dumning oxirgi qismi.
1.Ko‘payish davrida birlamchi jinsiy hujayra-ovogoniy (oogoniy)lar mitoz
yo‘li bilan ko‘payadi. Natijada hujayralarning soni ancha ortadi. Bir necha mitoz
bo‘linishdan keyin hujayralar o‘sishga o‘tadi. Oogoniylarning ham po‘sti oziq
moddalarni oson o‘tkazadi. Oogoniylar birinchi tartibli oositlarga (ovositlarga)
aylanadi.
2.O‘sish davrida birinchi tartibli ovositlarning qobig‘i
oziq moddalarni
intensiv o‘tkazadi. Chunki ularning po‘stida mikrovorsinkalar (kichik
do‘mboqchalar) bor.
Umuman, ovogenez vaqtida ovositlarda DNKmiqdora ortadi. Bu esa oqsil
sintezi faollashtiradi. O‘sish kichik va katta davrlarga bo‘linadi.
Kichik o‘sishdavrida ovosit sitoplazmaning ortishi hisobiga o‘sadi va
previtellogenez yoki sitoplazmatik o‘sish deyiladi. Katta o‘sish
davrida esa
hujayraga kirayotgan oqsil, sariqlik moddasining hosil bo‘lishi hisobidan o‘sadi va
vitellogenez yoki trofoplazmatik o‘sish deyiladi. Tuxumdan sariqlik moddasi ko‘p
to‘planga, tuxum yirik bo‘ladi. Masalan, qushlar, repteliyalarda shunday bo‘ladi.
77
Agar sariqlik kam to‘planga, tuxum o‘sish davrida ko‘p o‘zgarmaydi va kichik
bo‘ladi.
Hasharotlar, baliklar tuxumida shunday bo‘ladi. Dpozofilaning oositi
90000 marta, baqa oositi 64 000 marta, qushlarda 200 marta, sut emizuvchilarda 40
marta kattalashadi.
Sariqlik moddasining to‘planishi tufayli spermatozoidlarning o‘sish
davrida
nisbatan tuxum hujayraning o‘sish davri uzunchoq cho‘ziladi.To‘plangan sariqlik
moddasi embrion taraqqiyoti davrida oziqa sifatida sarflanadi (38-rasm).
38-rasm.Baqa hayotining dastlabki uch yili davomida oositning o‘sishi.
Tuxumdonda 3 xil oosit bor:I-egri chiziq
birinchi avlod oositlari; II-egri chiziq
ikkinchi
avlod oositlari; III-egri chiziq uchinchi avlod oositlari (B.Karlson, 1983
bo‘yicha).
Birinchi tartibli ovosit yadrosida xuddi spermatogenez kabi o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi va xromosomalar tetraga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: