Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Poliembrional ko’payish (poliembrioniya)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

3. Poliembrional ko’payish (poliembrioniya).
Bunday ko‘payishnnig 
mohiyati shundan iboratki, dastlab jinsiy hujayralar o‘saro qo‘shilib, zigota hosil 
bo‘ladi. Bu jinsiy ko‘payish hisoblanadi. Keyin zigota bo‘linib, mustaqil 
rivojlanadigan bir necha homilalar hosil qiladi. Buning natijada bir tuxumdan 
paydo bo‘lgan egizaklar hosil bo‘ladi. Odamlarda 2 tadan 6 tagacha bir tuxumdan 
rivojlangan egizaklar tug‘ilishi mumkin. Bunday ko‘payish boshqa sut 
emizuvchilarda, jumladani zirhlilarda, hasharotlarda ham kuzatiladi (3,4,5-
rasmlar). Bu hodisani 1866 yilda 1. I. Mechnikov birinchi marta meduzalarda 
aniqlagan. 
4. Tartibli bo’linish.
Bunday bo‘linish ayrim kovakiclililarda va ayrim 
halqali chuvalchanglarda uchraydi. Ssifoidlarning planula lichinkasi taraqqiy etib, 
yakkapoIipga-ssifistomaga aylanadi.U kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payishi mumkin. 
Ssifistomaning muhim xususiyati, unda strobilyasiya jarayonning sodir bo‘lishidir. 
Bunda polip bir necha marta ko‘ndalangiga bo‘linib, bir necha aylana disk hosil 
qiladi. Aylanalaninig chetlari qirqilgan shaklda bo‘ladi. 
Eng oxirgi aylananing markazidan, ularning hammasini birlashtiruvchi o‘q 
hosil bo‘ladi.Bu bosqichda polip strobila deyiladi Strobilyasiya jarayonda hosil 
bo‘lgani aylanalar yosh meduzalarga aylanadi va eng yuqoridagi qismdan boshlab, 
strobiladan ajraladi va suvda suzib yuradi. Bular voyaga yetgan meduzalardan farq 
qiladi. Shuning uchun lichinka yoki sfira deb ataladi. Ular tez o‘sib, 
paypaslagiclilari va gonadalari hosil bo‘ladi, Halqali chuvalchanglardan kam 
tuklilarning ba‘zi vakillari, paratomiya yo‘li bilan ko‘payadi. Bunda 
chuvalchangning ma‘lum bo‘g‘imidan bo‘linish joyi paydo bo‘ladi. Shu yerdan 
dastlab bosh qism uchun dum, dum qism uchun bosh hosil bo‘ladi. 
Shundan keyin ona orgainizm bo‘linib, 2 ta individ hosil qlladi. Qiz 
individlar bir-biridan ajralishiidan oldin ularda yana bo‘linish joyi hosil bo‘ladi va 
bu jarayon ularda ham takrorlanib, bir-biri bilan bog‘langan qiz chuvalchaiigiar-
zanlirini hosil qiladi, keyin bir-biridan ajralib, mustaqil yashaydi. 
Ba‘zi kam tuklilarda oldin gavdasi bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Keyin 
har bir bo‘lakning bosh va dum qismlari paydo bo‘ladi. Bunday ko‘payish 
arxitomiya deb ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin