India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#129960
  1   2
Ismoilova Maftuna Doniyorovna



INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
74 
BANK XIZMATLARINI KO’RSATISHDA XORIJ TAJRIBASINI O’RGANISH 
Ismoilova Maftuna Doniyorovna 
Urganch davlat universiteti talabasi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat banklarida xizmatlar ko’rsatishda xorij tajribasini 
o’rganish haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek maqola muallifining bank xizmatlarini ko’rsatishda 
qanday jihatlarga e’tibor qaratilishi haqidagi taklif va xulosalari haqida ham ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so’zlar: depozit, masofaviy bank xizmatlari, tijorat banki,regulyativ capital,moliyaviy 
innovatsiyalar. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish 
va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini 
yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda, 
ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko’lamini kengayib borish 
hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 23-martda qabul qilingan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish 
bo’yicha 
qo’shimcha 
choratadbirlar 
to’g’risida»gi 
qarorida 
"Bank 
xizmatlari 
ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya 
qilinishini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan 
biri ekanligi belgilab qo’yildi. Endilikda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari 
himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining 
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo’lgan bank xizmatlari 
iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi. 
Ushbu tashkil etilgan xizmatda yurtimizdagi banklarda xizmatlar ko’rsatishning 
yangi zamonaviy usullarini amalga tadbiq etishda rivojlangan jahonning bank-moliya 
markazlarining tajribalarini o’rgangan maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Bank xizmatlarini kòrsatish turlari bugungi kunga kelib òz safiga juda kòplab ishlarni 
bajarishni talab qiladi. Sababi, zamon rivojlanib borgani sayin oldingi xizmat turlarining 
aksariyat qismi eskirgan bòlib, ularni òrniga zamonaviy xizmat kòrsatish sohalarini qòllash 
orqali ham bank hodimlarini ishlarini ham oddiy xalqning mushkulini oson qilish mumkin. 
Pandemiya davrida nafaqat yurtimizda balki butun dunyoda online xizmat kòrsatish 
tarmoqlarining rivojlanishiga turtki bòldi desak mubolaģa bòlmaydi. Buning natijasida 
bank xizmatlarini kòrsatishning ham zamonaviy usullari rivojlandi. Masalan, ilgari 
insonlarning bank orqali bitadigan kòplab ishlarini hozirgi kunda uydan chiqmasdan turib 
amalga oshirish mumkin bòladi. Bunday ishlarni olib borishda xorij tajribasini òrganish 
juda muhim hisoblanadi. Aytib òtilgan xizmat kòrsatish sohalarini rivojlantirishda 
jahonning rivojlangan mamlakatlarini tajribasini amalga tadbiq qilgan maqul. Sababi ular 
ancha narsani kòrib boshidan òtkazishgan hisoblanadi. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin