Include katalogida joylashgan va h kengaytmali fayllar bo’ladi. С++



Yüklə 320,17 Kb.
səhifə1/6
tarix17.09.2023
ölçüsü320,17 Kb.
#144757
  1   2   3   4   5   6
2-mavzu. Dasturlash tillarining tuzilmasi.


Dastur tuzilmasi
C++ dasturlash tilida dastur quyidagi tarkibda tashkil topadi:
Direktivalar – funksiyalar kutubxonasini chaqirish. Ular maxsus include katalogida joylashgan va .h kengaytmali fayllar bo’ladi. С++ tilida masalaning qo’yilishiga qarab kerakli kutubxonalar chaqiriladi. Bus esa dasturning xotirada egallaydigan joyini minimallashtiradi.
Masalan, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish proseduralari uchun:
#include tizimdan chaqirish
#include “stdio.h” joriy katalogdan chaqirish.
C++ dasturlash tili bilan ishlovchi eng sodda dasturlar Dev C++ va CodeBlocks dasturlaridir. Ularning tarkibida 300 dan ortiq kutubxonalar mavjud. Eng ko’p ishlatiladigan kutubxonalar quyidagilar:
#include,
#include
#include
#include
#include va boshqalar
Makrolar (#define) – dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchi ko’rsatilgan qiymatni qabul qilishi uchun (const). Unda makroning nomi va qiymati ko’rsatiladi. Масалан:
#define pi 3.1415
#define x 556
#define s[100]
#define M x*x*x
main () funksiyasi– asosiy degan ma’noni anglatadi. Bu funksiya “{“ belgisidan boshlanadi va dasturning asosini tashkil etuvchi o’zgaruvchilarning toifalari ko’rsatiladi. Dastur “}” belgisi bilan yakunlanishi shart. Agar dasturda qism dasturlardan foydalanilayotgan bo’lsa, ularning nomlari va haqiqiqy parametrlari keltiriladi. So’ngra dasturning asosiy buyruqlari yoziladi. Agar buyruqlar murakkab bo’lsas, ular alohida “{ }” belgilari orasiga olingan bo’lishi kerak.
С++ tilida dasturning asosi bo’lmish buyruqlar kichik harflar bilan yoziladi. Buyruqlar nuqta-verguk bilan (;) yakunlanadi. Buyruqlar bir qator qilib yozilishi ham mumkin.
C++ dasturlash tilida dastur funksiya va funksiyalardan tashkil topadi. Agar dastur bir nechta funksiyalardan tashkil topgan bo’lsa, bir funksiyaning nomi main deb nomlanishi shart. Dastur aynan main funksiyasining birinchi operatoridan boshlab bajariladi.

Yüklə 320,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin