Imlo qoidalari (o‘zbek lotin alifbosi bo‘yicha)


boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha



Yüklə 416,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix09.03.2023
ölçüsü416,21 Kb.
#87093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asosiy imlo qoidalari

boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt 
shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi; 
2) o‘rin kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon 
yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t 
aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi. 
37. Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va 
shunday yoziladi: 
1) taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z 
tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, 
lovulla, gurulla kabi; 
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir 
bo‘g‘inli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma 
nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir 
kabi. Qolgan barcha hollarda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, 
kestir, uyaltir, chaqirtir kabi; 
3) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh 
shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan
buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi uch 
xil aytiladi va shunday yoziladi: 
a) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh 
tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, 
to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi; 
6) q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh 
tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha
chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi; 
v) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu 
qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, 
pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi. 

Yüklə 416,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin