Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim- tarbiya olishida inklyuziv ta’limning ahamiyati xakimova Sayyora Adilovna


International Conference on Developments in Education



Yüklə 207,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix30.08.2023
ölçüsü207,52 Kb.
#141045
1   2
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org April 25
th
2022 
122 
– sog‘lom va imkoniyati cheklangan 
bolalar; 
– nodavlat notijorat jamoat tashkilotlari. 
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv 
ta’lim-tarbiyada o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim-tarbiya tufayli maxsus ehtiyojli 
bolalar: 
jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar; ularning imkoniyatlarini hisobga olgan 
o’quv materiallarini o’zlashtiradilar; tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib 
rivojlanadilar.
 
 
 
 
 
 
Jismonan 
salomatlik 
alohida imkoniyati cheklangan bolalarning hayotida, ayniqsa, yoshligida muhim ahamiyatga 
ega. Bolaning saqlanib qolgan salomatligini muhofaza qilish jarayonida uning sog‘lom umri 
davomiyligini ta’minlash uchun hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi bosqichma-
bosqich ijobiy hal etib borilishi kerak. 
Maxsus muassasalarning har bir tarbiyachisida alohida yordamga muhtoj bo‘lgan 
bolalarning salomatliklarini mustahkamlab borish masalasiga ilmiy-metodik va amaliy 
yondashish, ko‘nikma malakalarini oshirib borish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning uchun pedagogik jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimi, bolalarning jismoniy 
kamolotga erishuvini ta’minlashning samarali metod, usul va vositalarini ishlab chiqish 
lozim.

 
 
 
Davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan imkoniyatilari 
cheklangan bolalarning imkoniyatlarini oshirish, integratsiya va ishtirok etish prinsipini 
kiritish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yaxshi natijalarga olib kelishi bilan birga, 
o‘z navbatida, uni rivojlantirish va muammolarini vaqtida bartaraf etishni taqozo etadi. 
Bizning fikrimizcha, bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yetarli. Inklyuziv ta’limga 
jalb etilgan bolalar bilan ishlashda induviduallik tamoyillari asosida, bosqichma-bosqich 
amalga oshirilishi zarur va maqsadga muvofiqdir. Har bir bolaning jismoniy va ruhiy holatini 
hisobga olgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish orqali tengdoshlari 
qatoridan o‘rin egallashiga erishishimiz kerak. Aks holda, natijalar istalgan samara bermasligi 
yoki bolaning salomatligini yanada og‘irlashtirib qo‘yishi mumkin.
Bizningcha, eng avval inklyuziv ta’limga jalb etilishi mumkin bo‘lgan imkoniyati 
cheklangan bolalardagi nuqsonlarning darajasini, rivojlanish bosqichlarini tibbiy, psixologik-
pedagogik, ilmiy me’zonlar asosida aniq belgilab olishimiz zarur. Natijalarga asoslanib 
inklyuziv ta’limga bo‘lgan ko‘rsatmalarning standartlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inklyuziv ta’limni maktabgacha va umumiy o‘rta ta‘lim 
maktablariga tatbiq qilishning natijalari imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan 
qarashlarning tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa, ularning har biriuchun hayotda omadli 
va baxtli bo‘lish uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Raxmanova V R. Defektologiya asoslari. – Т.: 2012 
2.
Nurmuhamedova L.Sh., Abidova D. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash 
yo‘llari. –T. : 2008 
3.
Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar diagnostikasi 
(ma'ruzalar matni). – T. : 2001 

Yüklə 207,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin