JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–13_Issue-1_September_2022 46 birinchi tashvishlantirgan narsasi bolasining tengdoshlari qatoridan ajralib
qolayotganligi va ta’lim olishin qiyin bo‘layotganligidir. Hozirgi kunda ota-ona bolasi
ta’lim olayotgan tashkilotga borib bemalol bolasining ta’lim olayotgan muhitini
ko‘rishi va yordamlashishi mumkin. Ota-onalar va boshqa oila a’zolari bilan
qo‘shilishdan foyda ko‘rishadi, shuningdek ular o‘zlari va farzandlari uchun turli xil
ijtimoiy vaziyatlarni kengaytiradilar. Ular o‘z jamoalaridagi katta oilalar guruhi bilan
aloqani boshdan kechiradilar, qo‘rquvni kamaytiradi.
Inklyuziv ta’lim vazifalari: - Ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji
bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur
psixologo – pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga
yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali
ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; - Maxsus ta’lim
muassasasi o‘quvchilari ta’lim tashkilotlari bilan uyg’unlashtirgan holda faoliyat olib
borish yo‘li bilan o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; -
Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalar o‘rtasidagi
to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta
moslashtirish; Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajralmagan
holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; - Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar
va o‘smirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari: 1). Inklyuziv ta’limning e’tirof
etilishi. 2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili. 3).
Bog’lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili. 4). Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili. 5).
Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili. 6). Inklyuziv ta’limda
moslashuvchanlik tamoyili. 7). Malakaviylik tamoyili.
1