Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi Reja: Bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti Bashoratning turlari



Yüklə 31,41 Kb.
səhifə2/7
tarix20.11.2023
ölçüsü31,41 Kb.
#162341
1   2   3   4   5   6   7
Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi

Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari.
Ekstrapolyatsiya metodlari – qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo‘lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan, biron-bir tizimga o‘tmishda muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblash uchun asoslar bor. SHunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish va prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish mumkin. SHunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.
Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko‘maklashadi.
Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning modellarini o‘rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda, sxematik ko‘rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqot natijalari, modeldan ob’ektga ko‘chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.

Yüklə 31,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin