Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish reja


Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə4/5
tarix09.06.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#127808
1   2   3   4   5
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish

8.4.Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish
Innovatsion loyihalarning ekpertizasi – quyidagilarni majmuaviy tekshirish va nazorat qilish tadbirlaridir:
a) loyiha tarkibiga va innovatsion menejment tarkibiga kiruvchi me’yoriy – uslubiy, loyiha – konstruktorlik va boshqa hujjatlar tizimining sifati; b) loyiha rahbari va uning jamoasining kasbiy mahorati; v) innovatsion tashkilotning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati, raqobatbardoshligi; g) bajarilgan hisob – kitoblarning ishonchligi, xatarning darajasi va loyihaning samaradorligi; d) loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmining sifatlari, qo’yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini.
Qo’yilgan vazifalar davrasi bo’yicha innovatsion loyihalar ekspertizasini sertifikatsiyalash bilan taqqoslash mumkin. Yirik ekologik, axborot, insonparvarlik muammolariini hal qilishga qaratilgan, xalqaro yoki milliy ahamiyatga ega qimmatbaho innovatsion loyihalar bo’yicha ekspertiza emas, balki sertifikatsiyalashni o’tkazish to’g’ri deb hisoblaymiz. Ekspertizada tekshiriladiganlarning hajmi va guruhligi bosh buyurtmachi tomonidan innovatsion loyihaning turi va xususiyatlariga ko’ra belgilanadi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilot (IQTT)ning tavsiyalariga muvofiq innovatsion loyihalarning ekpertizasini quyidagi tamoyillar asosida o’tkazish kerak:
1. Ekspertiza natijalari, mutaxassislarni tanlash bo’yicha munozarali vaziyatlarda hakamlik rolini bajaruvchi, uni o’tkazuvchi tadqiqotlarning mustaqil guruhini mavjudligi;
2. Tadqiqotlar sohasidagi faoliyatda qo’shimcha qiymatini hisoblashda yangilik kiritishlar ishlab chiqarishning sifatida ko’rib chiqiladi;
3. Nazarda tutilayotgan samaradorlikni belgilash imkoniyat va nazorat qilish uchun vaqtga ega bo’lish uchun o’rta muddatli istiqbolda xarajatlarni oldindan bashoratlash va rejalashtirishni o’tkazish;
4. Nazorat qilish usullari davlat darajasidagi ilmiy-texnik siyosatga rahbarlik qilishni rivojlantirish istiqbollari bilan bog’langan bo’lishi kerak.
Loyihalarni ekspertiza qilishda tadqiqotlar va ishlamalar natijalarini sotsial, iqtisodiy va ekologik muhitga bo’lajak ta’sirini hisobga olish zarur. Ekspertiza nafaqat loyihalarni miqdoriy, balki sifatiy baholashga ham ega. Qarorlar qabul qilishga ekspert guruhining har bir a’zosi tomonidan berilgan baholar hisobga olinadi. Ekspertlar ishlab chiqarilayotgan loyihaga tegishli bo’lgan har qanday axborotlarni talab qilishlari mumkin. Har qanday ekspert guruhiga ekspertiza buyurtmachisining yuqori malakali vakili kiritilishi mumkin.
IHTT tomonidan tavsiya qilingan innovatsion loyihalar ekspertizasining sanab o’tilgan tamoyillarini quyidagilar bilan to’ldirish zarur deb hisoblaymiz:
1. Ekspert guruhi ushbu sohada shartnoma asosida ishlovchi ettitadan kam bo’lmagan mutaxassislardan tashkil topishi kerak;
2. Ekspert guruhining ishi mustaqillik, ob’ektivlik, kasb mahorati, butlik, tizimlilik, ishning yakuniy natijalaridan manfaatdorlik tamoyillarida tashkil qilinishi kerak;
3. Ekspert guruhining asosiy vazifasi ob’ektni loyihalashtirilayotganda innovatsion tashkilot tomonidan innovatsion menejmentning ilmiy yondashishlari, tamoyillari va usullariga rioya qilinishini tekshirishdan iborat bo’lishi kerak.
Innovatsion menejment va har qanday tuzilmona faoliyat yuritishi bo’yicha me’yoriy – uslubiy hujjatlarning yuqori sifatini ta’minlash innovatsion loyihaning yuqori sifatiga, ekspert guruhi ishining tashkiliyligi va natijaviyligiga erishishning muhim sharti bo’ladi.
Hujjatlarni quyidagi asosiy a’lomatlar bo’yicha tasniflash mumkin:
a) me’yoriy – uslubiy ta’minlash ierarxiyasining darajasi xalqaro hamjamiyat, mamlakat, mintaqa, shahar, qishloq, firmadir.
b) hujjatning huquqiy statusi – ijro qilinishi majburiylar (qonunlar, standartlar, farmonlar, qarorlar, qoidalar, dasturlar, rejalar, rasmiy buyruqlar) va tavsiyaviylar (qo’llanmalar, uslubiyotlar, yqriqnomalar va h.k.);
v) hujjatning mazmuni – texnik (investitsion loyihalar, konstruktorlik – texnologik hujjatlar, uslubiyotlar va h.k), iqtisodiy (texnik-iqtisodiy asoslash, moliyaviy, buxgalteriya, soliq hujjatlari, biznes-rejalar va h.k ), tashkiliy (tashkiliy loyihalar, tashkiliy tuzilma ustavi, bayonnomalar, yo’riqnomalar va h.k).
Firma hujjatlarining majburiy atributlari (alomatlari) – hujjatning maqsadi, ishlab chiqish uchun asos, ushbu maqsad (vazifa, xizmat menejment tizimining tizimchalari)ning o’rni, maqsad (vazifani hal qilishda rioya qilinishi zarur bo’lgan ilmiy yondashishlar va tamoyillarga ishoralar) axborotning iste’molchilari, ulardan foydalanish me’yorlari va qoidalari, ijrochilarning ehtimol bo’lgan doirasi, ishning sifati, resurslarni tejash, mudddatlarga nisbatan talablar, jazolar, axborot manbalari. Uslubiy hujjatlarda bu ma’lumotlardan tashqari aniq uslublar berilishi kerak.
Hujjatlarni sifatning quyidagi mezonlari bo’yicha baholash taklif qilinadi:
1. Hujjatning majmuaviyligi, ya’ni unda texnik, ekologik, ergonomik, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar ularning o’zaro bog’liqligi hujjatni maqsadga qaratilganida ko’rib chiqish;
2. Hujjat (ob’ekt) ni ekologik, xavfsizlik, o’zaro almashtira olinishi, patentli sofligi, huquqiy himoyasi va boshqa masalalar bo’yicha xalqaro talablarga mos kelishi darajasi;
3. Jahon yutuqlaridan foydalanilganlik darajasi va hujjatni jahon standartlari bilan uyg’unlashuvi integratsiyalashishi;
4. Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan ilmiy yondashishlar (tizimli, marketingli, qayta ishlab chiqaruvchi, vazifaviylar)ning soni;
5. Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan zamonaviy usullar (vazifaviy – qiymatiy tahlil, modellashtirish, bashoratlash, muvofiqlashtirish va boshqalar)ning soni. Agar bu usullarni ob’ektini ishlab chiqishda qo’llash tavsiya etilsa, unda bu talab hujjatda aniq qayd etilishi kerak;
6. Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligi;
7. Hujjatni takrorlanishi, uning istiqbolligi, qo’llash ko’lami;
8. Hujjatni ilmiy doiralar, boshqaruvning davlat va mintaqaviy idoralari va amaliyotda ma’qullanganligi;
9. Hujjatni ishlab chiquvchi tashkilotlarning obro’si va uni ishlab chiqaruvchilarning malakasi;
10. Hujjatni muvofiqlashtirgan va tasdiqlagan idoralar;
11. Hujjatni rasmiylashtirishda standartlarga rioya qilinishining darajasi, tushunchalarning bir ma’noligi, bayon qilishni aniqligi, ishonchliligi, ko’rgazmalilik.
Sifatning sanab o’tilgan mezonlari (talablari)ga javob beruvchi hujjatlar ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladilar. Hujjatning sifati tovarlar, firmalar, mamlakatlarning raqobatbardoshligi ta’minlashning asosiy sharti bo’ladi.
Innovatsion loyihalarning ekspertizasini o’tkazish metodikasi boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash, ishlab chiqishning usullari va yo’llariga asoslanadi. Quyidagilar ekspertizaning eng keng tarqalgan usullari bo’ladilar.
 innovatsion loyihaga kiritilgan va ekspert (sertifikatsion) sinovlar natijasida olingan ko’rsatkichlarni ob’ektni qo’llashning ekologikligi, ergonomikligi, xavfsizligi bo’yicha xalqaro va milliy talablar, uning birga bo’la olishligi, o’zaro almasha olishligining ekspertizasi, ushbu sohadagi jahon yutuqlarining boshqa parametrlari bilan solishtirish usullari;
 ekspertli;
indeksli
 balansli
 grafik (jadvalli) va boshqa usullar va yo’llar.
Bu usullar muqobil emaslar, ular bir birlarini to’ldiradilar.
Bitta tarkibiy qism (bo’lim, muammo) uchun bitta usul qo’llaniladi, boshqasi uchun boshqa. Har qanday usulni qo’llashda innovatsion menejmentning ilmiy yondashishlari va usullarini qo’llamasdan bo’lmaydi.
Quyida S.D. Ilenkova rahbarligi ostidagi jamoa tomonidan yozilgan “Innovatsion menejment” darsligida bayon qilingan loyihalarni ekspertiza qilish metodikasi bayon qilinadi.
Federal ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan tanlov asosida olingan dasturlar ijrochilari bilan davlat shartnomalari tuziladi.
Ekspert bahosi ekspert anketasi savollariga javoblar ko’rinishida shakllantiriladi va ekspert yakuniy xulosasining quyidagi variantlarini ko’zda tutadi:
5– loyiha shubhasiz qo’llab quvvatlashga loyiq;
4 - loyiha qo’llab - quvvatlashga loyiq;
3 – qo’llab – quvvatlanishi mumkin;
2 – loyiha qo’llab - quvvatlashga loyiq emas;
1- loyiha ekspert kengashi tomonidan ko’rib chiqishga loyiq emas.

Ekspert bahosida ob’ektiv ekspertizani qiyinlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. Bu “manfaatlarning janjali” bilan bog’liq bo’lishi mumkin: Ekspertning ilmiy manfaatlari va loyiha mazmuni mos kelmaydi; ekspert loyihasining rahbari va ijrochilari bilan, ilmiy rahbariyat loyiha rahbari yoki ijrochilari bilan ilmiy rahbariyat rahbar (loyiha asosiy ijrochilaridan biri bilan sheriklik, moliyaviy), qarindoshlik munosabatida turgan yoki turadi.


Ekspert bahosi loyihaning ilmiy mazmuni va muallif (yoki mualliflar jamoasi) ilmiy salohiyatining tahlil asosida beriladi. Loyiha ilmiy mazmunining tahlilida quyidagilar hisobga olinadi:
1. Loyiha g’oyasini bayon qilinishining aniqligi (aniq, noaniq);
2. Tadqiqot maqsadlari va usullarining aniqligi (aniq, noaniq);
3. Loyihaning sifat ta’riflari (loyiha quyidagilarga ega: fundamental xarakter; fanlararo yoki tizimli xarakter; amaliy xarakter);
4. Ilmiy boshlanish (quyidagilar mavjud: loyihada shakllangan muammoni hal qilishda katta ilmiy va metodologik boshlanish; berilgan mavzu bo’yicha nashrlar; muammoni hal qilishning ilmiy – uslubiy ishlab chiqilishi yo’q);
5. Muommalani qo’yilishining yangiligi (tadqiqot muammosi muallif tomonidan birinchi marta shakllantirilgan va ilmiy asoslangan; muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilingan; loyihada shakllantirilgan tadqiqot muammosi fanga ma’lum va muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilinmagan).
Mualliflar jamoasining ilmiy salohiyati loyiha ilmiy mazmunining tahlilini hisobga olish bilan baholanadi (mualliflar/ishtirokchilar e’lon qilingan ishni bajarishga qodir; ekspert ishni bajarish imkoniyatiga shubha qiladi).
Shunday qilib ekspert nafaqat loyihaning bayonini berishi, balki quyidagilarni baholashi ham kerak: uning bilimlarning ushbu sohasi uchun dolzarbligi; loyiha tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga kiradimi yoki yo’qligini; qo’yilgan muammoning yangiligini; loyihani rivojlanishining istiqbollari; ishtirokchilarning sifatli tarkibini, hamda yuqorida keltirilgan tizim bo’yicha loyiha bahosini asoslanishini.Eksperimental laboratoriya tadqiqotlari uchun ekspertiza quyidagi savollarga javobni ko’zda tutadi:
 Tadqiqotlar dasturi tayyorlanganmi?
 So’rov uchun anketalar tayyorlanganmi?
 Pilotajli tadqiqot o’tkazilganmi?
Ekpertiza bir necha loyihalarning qiyosiy tahlili asosida o’tkaziladi.Ekspertizaning uchta bosqichi ko’zda tutiladi.
 Birinchi bosqich – loyihani dastlabki ko’rib chiqilishi va quyidagi vazifalarni hal qilinishi:
 Ikkinchi bosqich ekspertizada ishtirok etish uchun loyihalarni tanlash;
 Rad etilgan loyihalar bo’yicha asoslangan xulosalarni tuzish;
 Ekspertizaning yakka darajasida o’tgan har bir loyiha bo’yicha ekspertlarni belgilash.
Ekspertiza natijalarini shakllantirish reyting asosida amalga oshiriladi.Yakka tartibdagi loyihaning reytingi ikkinchi bosiqchda belgilanadi.
Uchinchi bosqichda loyiha bo’yicha xulosalar beriladi (loyihaning umumiy reytingiga tuzatishlar kiritilishi mumkin, moliyalashtirish haqida qarorlar qabul qilinadi).


Xulosa
Innovatsion faoliyatning xususiyatlari menejmentdagi kommunikatsiyalar turlari va shakllari oldiga oshirilgan talablarni qo’yadi.
Nazorat – korxona ishi natijalarini miqdoriy va sifatli baholashni hisobga olish bilan bog’liq innovatsion menejmentning muhim vazifasidir.
Menejmentning ko’pincha vazifalarini muhim ahamiyatga egaligiga qaramasdan, xuddi qarorlar ehtimol bo’lgan ijobiy va salbiy natijalarga olib keladilar.
Raqobat nazariyasidan kelib chiqqan holda xuddi fanni rivojlanishi va yangi texnologiyalarni tadbiq etilishining innovatsion salohiyati yuqori tartibdagi raqobat afzalliklarini yaratadi.
Rejalashtirish – bu innovatsion menejmentning ichki va tashqi muhit omillarini tahlil qilish, tashkilot faoliyatini bashoratlash va firma strategiyalarini amalga oshirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishni rejalashtirish bo’yicha tadbirlar tizimini boshqarishdan tashkil topgan maxsus vazifasidir.
Boshqaruv jarayonini tashkil qilish vazifasiga boshqaruv jarayonlarini loyihalashtirish, tadbirlar usullar yo’lni bir shaklga keltirish, turlarga ajratish va standartlashtirish bo’yicha choralarni ishlab chiqish, hamda axborotlarni menejment tizimchalari bo’yicha taqsimlash kiradi. Tashkil qilishga ishlab chiqarishning ilmiy – texnik, texnologik va tashkiliy darajasini oshirish kiradi.


Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin