Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish reja


Innovatsion loyihalashtirishning asoslari



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə3/5
tarix09.06.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#127808
1   2   3   4   5
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish

8.3. Innovatsion loyihalashtirishning asoslari
Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi kontseptsiyasi (Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu kontseptsiyaning asosini loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag’lar sarflanishi bilan bog’liq dastlabki holatini o’lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo’yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o’zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz amaliyotida bu kontseptsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo’llanilishida o’z aksini topgan.
“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko’rib chiqilishi mumkin:
 innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;
 innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni;
 hujjatlar majmuasi.
Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va texnikani ustuvor yo’naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo’yicha o’zaro asoslangan va o’zaro bog’langan murakkab tizimidan iboratdir.
Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
Shuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy hujjatlarning yig’indisidir.
Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo’yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig’indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo’llash yo’li bilan erishiladi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik echimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to’liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo’nalishlari bo’yicha etakchi mutaxassislar kiradilar.Loyiharahbari – yuridikshaxslar, ungabuyurmachiloyiha: rejalashtirish, loyihaishtirokchilariishlarininazoratqilishvamuvofiqlashtirishbo’yichaishlargarahbarlikqilishvakolatlarinitopshiradi. Loyiha rahbari vakolatlarining aniq tarkibi buyurtmachi bilan shartnoma tomonidan belgilanadi. Loyiha jamoasi – loyiha rahbari tomonidan boshqariladigan va loyihani amalga oshirish davrida rejaviy ko’rsatkichlarga o’z vaqtida erishish maqsadida tashkil qilinadigan o’ziga xos tashkiliy tuzilmadir. Loyiha jamoasining tarkibi va vazifalari loyihaning ko’lamlari murakkabligi va boshqa ta’riflariga bog’liqdir. O’z vazifalarining bir qismini bajarish uchun ishlab chiquvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. Loyihani qo’llab quvvatlovchilarga innovatsion markazlar, dasturlar va loyihalarni qo’llab quvvatlovchi fondlar, konsalting firmalari, mustaqil ekspertiza tashkilotlari, patent-litsenziya firmalari, auditorlik firmalari, ko’rgazma markazlari va h.k kiradilar.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo’yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonanikiga bo’linishlari mumkin.
Loyihalarni shakllantirish va asoslash tamoyillari, maqsadlari, bosqichlari va usullari, ularni loyihalashtirish va amalga oshirish mexanizmi biz tomonimizdan oldin ko’rib chiqqan mavzulardan katta farq qilishi mumkin emas. Oldingi 9 mavzu biz tomonimizdan innovatsion loyihalarni ilmiy asoslash, ularni materiallashtirish va samara olish uchun ko’rib chiqilgan edi.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo’llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi. Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo’linmalarni o’z ichiga olishi kerak:
 muammo (g’oya)ning mazmuni va dolzarbligi;
 loyiha rahbarining rezyumesi;
 marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha maqsadlari daraxti;
 loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo’yicha tadbirlar tizimi;
 loyihani majmuaviy asoslanishi;
 loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;
 ITK ning ta’rifi;
 loyihaning ekspert xulosasi;
 loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.
Loyihani amalga oshirish mexanizmi o’z ichiga innovatsion tashkilotning tuzilishi, uning bo’linmalari va lavozimli ko’rsatmalari haqidagi qoidalar, operativ – kalendar rejalar va tarmoqli modellar (jadvallar), loyihani boshqarish dasturlari, loyihaning vazifalari, masalalari va maqsadlarini bajarilishini majmuaviy ta’minlash, nazorat qilish, muvofiqlashtirish va tartibga solish rejalarini oladi.
Loyihani topshirilishi va shartnomani yopilishini o’z ichiga oluvchi loyihani yakunlash tartibini belgilash, innovatsion loyihalash masalalaridan biri bo’ladi.
Innovatsion loyiha bo’lim – loyiha kontseptsiyalarini ishlab chiqishda buyurtmachi tomonidan qabul qilingan qarorlarning uni amalga oshirishda olingan natijalarga mos kelishini belgilash demakdir. Ishni topshirish va qabul qilishga nisbatan barcha talablar shartnoma tomonidan belgilanadi. Agar tayyor ob’ekt loyihani amalga oshirishning natijasi qabul qilish va foydalanish sinovlarini o’tkazish kerak. Ular quyidagilarni o’z ichlariga oladilar: ishlab chiqishning texnik – iqtisodiy parametrlarini rejalashtirilgan ko’rsatkich bilan soleshtirilishini o’tkazish; farq qilishlar sabablarini aniqlash, topilgan farq qilishlarni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va chalalarni bartaraf qilish bo’yicha ishlarni tashkil qilish.
Agar qabul qilish sinovlari natijasida loyiha talablariga javob beradigan mahsulot olinsa, unda komissiyaning tayyor ob’ektlarni qabul qilish bo’yicha bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Sinovlar natijasi tayyor mahsulot (ob’ekt yangilik va h.k)ni topshirish – qabul qilish davrida javobgarlikni ishlab chiquvchi tashkilotlardan buyurmachiga topshirish uchun asos bo’ladilar.
Shartnomani yopish quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi:
moliyaviy hisobotni tekshirish;
 rasfortlashtirish;
 bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash;
 bajarilmagan majburiyatlarni yakunlash.
Moliyaviy hisobotlarni tekshirishga buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar hisobotiga kiradi. Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: yakunlangan ishlarning butun hajmiga schyot – fakturadan ko’chirmalarni tekshirish; olingan to’lovlarni taqdim etilgan schet – fakturalar bilan muvofiqlashtirish; o’zgarishlar bo’yicha hujjatlarning mavjudligini tekshirish; buyurtmachi tomonida amalga oshirilgan ushlab qolingan summani nazorat qilishni.
Ijrochi moliyaviy hisobotini tekshirish o’z ichiga quyidagilarni oladi:
 yyetkazib beruvchilar va birgalikdagi ijrochilarning to’lovlarini tekshirish;
 buyurtmalar summasini yetkazib beruvchilarning yuk xatlari bo’yicha xaridlarga mos kelishi;
 yetkazib beruvchiga muddati o’tgan to’lovlarni qidirib topish;
 tegishli ushlab qolishlarni tasdiqlash.
Bundan tekshirishlarning natijalari loyiha bo’yicha yakuniy moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun ma’lumotlar olishga imkon beradi.Ushbu bosqichda ijrochilar bilan yakuniy hisob kitoblar amalga oshiriladi.
Pasportlashtirish shartnomani yopishni tashkil qilishning muhim elementlaridan biridan iboratdir. U quyidagi izchillikda o’tkaziladi:
 bo’limlarning ijrochilari kerakli ilovalarga hisobotlarni bosh tashkilotga bo’lim bo’yicha taqdim etadilar;
 keyingi yakuniy hisobotni ITKga bo’lim bo’yicha taqdim etadi;
 ITK bo’lim bo’yicha hisobotlarni qabul qiladi va dalolatnomalarni rasmiylashtiradi;
 bosh tashkilot umuman loyiha bo’yicha hisobot tayyorlaydi va uni Bosh buyurmachiga yuboradi. Shartnoma yopiladi.

Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin