Ilmiy rahbar: aytimbetov n bajardi: ollamberganov b



Yüklə 310,36 Kb.
səhifə5/6
tarix30.11.2022
ölçüsü310,36 Kb.
#71575
1   2   3   4   5   6
Ollamberganov Bekzod 2-v fizika

1-gurux 2-gurux

Demak ko’rinib turibdiki bu o’yinda 1-guruh ishtirokchilari yasagan daraxtida 5 ta barg bor va ular barcha savollarga aniq va to’g’ri javob berishdi va o’yin g’olibiga aylanishdi.


2-guruh ishtirokchilari ham faol qatnashdi. Ular atigi bitta savolga noto’g’ri javob berib 1-guruhdan bir qadam ortda qolishdi.
Sinfdagi barcha o’quvchilarni darga qiziqtirib, o’yinga jalb qildik. Bu o’yin juda yaxshi samara berdi.
Baholash: Dars davomida o’quvchilar juda yaxshi qatnashdi. Uyga vazifani o’rinlab kelib savollarga javob topgan o’quvchilarga va o’yinda g’olib bo’lgan 1-guruh a’zolariga 5 baho qo’yiladi. Darsda o’zining faolligi bilan ajralib turgan 2-guruh azolariga ham 5 baho qo’yamiz. Qolganlardan keyingi darslarda faol qatnashishlari kerakligini eslatin ularga 4 bahosini qo’yamiz. Shu bilan dars davomida barcha o’quvchilar baholandi.
Uyga vazifa: Bugungi o’tilgan mavzudan olgan bilimlaringizni daftaringizga qisqacha yozib qo’ying. Darslikdagi 162-165-varaqdagi mavzuni o’qing va savollarga javob yozing. Qo’shimcha adabiyotlar ham o’qishni unutmang.
Darsni yakunlash. Shuning bilan bugungi darsimiz o’z nihoyasiga yetti. Barchangizga faolligingiz uchun raxmat. Keyingi darslarda ham faollikni kutib qolaman. Uyga vazifani to’liq bajarib keling. Keyingi darslarda ko’rishgincha o’zingizni asrang.


2.3. Dars davomida foydalanilgan pedagogik texnologiyalar
Yashnagan daraxt metodi ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida bo'lgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi o'qitish jarayoni davomida faol ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar o'qib-o'rganishni yuqori darajada bo'lishini, egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va mas'uliyat, qo'llab-quvvatlash amalda bajarish orqali fikr-mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Insonning o'zini o'rab turgan olamga bo'lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o'zini, o'zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning tabiatni bilishi, fizika fanini o'rganish jarayonida uning turli tomonlarini, ulaming qonuniyatlari va xususiyatlarini ochib berilishi orqali shakllanadi. Falsafada inson bilishming tabiati va mohiyati haqida turli ta’limot va qarashlar mavjudligi bayon qilinadi. Bunday qarashlardan biri ilm va fan yutuqlariga asoslangan ilmiy bilish bo'lib, u oddiy kundalik bilish, g'oyibona bilish va boshqalardan tubdan farq qiladi. [4]
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiylar inson dunyoni va o'zini bilishi masalasiga to'xtalib, u tabiat va jamiyatni hamda o'zini bilishga qodir deb, ilmiy bilishni targ'ib qilishgan. Ilmiy bilish uchun inson tabiatning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog'lanishlarini birgalikda o'rganishi, uni xatolik va bir tomonlama qarashdan saqlaydi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlaming ma’Ium tizimlari fanlarni vujudga keltiradi. Shuning uchun fanlar, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi ilmiy tizimlarga egadir. Fanlar, jamiyat taraqqiyoti moddiy va ma’naviy jihatdan mu'lum yctuklikka erishgan davrda, insoniyat ilmiy bilish orqali olam, borliq haqida ma’lum miqdordagi bilimlami hosil qilishi natijasida vujudga keladi.
Ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi obyektni o‘rganishga kirishar ekan, o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bo‘lmaydi. Buning uchun u predmet yoki hodisa ustida ma’lum vaqt uzluksiz turli xil yo'llar, usullar va vositalardan, ya’ni ilmiy bilish metodlaridan foydalanadi. Bu metodlaming ilmiy bilishdagi vazifasi shundan iboratki, ular tadqiqotchiga o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishga yordam berishdan, natijada tadqiqotni muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. [4]
Bu metodning maqsadi quyidagilardan iborat.

  1. O’quvchilarning tabiatga bo’lgan muhabbatini oshirish.

  2. Darsga qiziqtirish va past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning dars davomida bilimlarini oshirish.

  3. O’quvchilarni qiziqarli baholash.

  4. Guruh bilan ishlashga o’rgatish.

  5. Dars davomida o’quvchilarni faol bo’lishi va darsni tushunishi.

Bu metodika o’quvchilarni chaqqonlikka o’rgatadi va dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Bu metodni darsga bog’liq holda takomillashtirib barglarni yig’ish uchun boshqa shartlar o’ylab topish mumkin. Bu esa o’qituvchining ideasiga bog’liq.
Bu metodni kichik sinflarga ham yuqori sinflarga ham qo’llasak boladi. Faqatgina qo’shimchalar yordamida mukammallashtirsak maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, Respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash, kamol toptirishga qaratilgan. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayoniga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etmoqda.
Fizikani o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, dars o‘tish jarayonida aynan dars mavzusiga mos interfaol metodlarni qo‘llay olish va yangi interfaol metodlarni ta’lim tizimiga joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
1.Fizika ta’limida yaxshi samara beradigan pedagogik texnologiyalarni aniqlash.
2.Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish.
3.Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo‘llab sinovdan o‘tkazish, tahlil etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish.
Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta’lim metodi - bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. O’smirlarda “gormonal portlashlar” kuzatilishi va kelajak hissiyoti aniq shakllanmagan.

  2. O’quvchining o‘qituvchiga munosabati.

  3. O’qituvchining o‘quvchiga munosabati.

  4. Predmetning qiymatdorligi.

  5. O’quvchining aqliy rivojlanishi.

  6. O’quv faoliyatining mahsuldorligi.

  7. O’quv maqsadlarini tushunmaslik.

  8. Maktab oldidagi qo‘rquv.

Kuzatish natijalari aniqlangan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash va ma’lum bir yoshdagi o‘quvchilarda o‘quv motivlarini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, ushbu barcha muammolarni tahlil qilgan holda xulosa qilish mumkinki, o‘quv motivlarini shakllantirish muammosi har doim mavjud ekan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quv motivlarini shakllantirish muammosini bartaraf etish, o‘quvchilarda erkin fikrlash, maktabga intilish kabi ijobiy fazilatlarni ularda paydo qilish maqsadida ta’lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalariga yechimlarning biri sifatida qabul qilib olindi. Multimediali ko‘rgazma shakli va undan dars jarayonida foydalanish usuli albatta ushbu darsning mazmuni va maqsadidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tajribalar umumiy hamda samarali bo‘lgan usullarni qo‘llashni taqozo etadi, masalan:
1. Yangi mavzuni o‘rganishda –turli xil ko‘rgazmali vositalar tadbiqi orqali u yoki bu jaray- onni rivojlanish dinamikasini namoyish qilishga asoslanish;
2. Yangi mavzuni mustahkamlash;
3. Bilim darajasini tekshirish – kompyuter testlari orqali o‘z – o‘zini tekshirish va o‘qishdagi faoliyatini baholash. Hamda o‘qituvchi uchun bilim sifatini nazorat qilish vositasi;
4. Darsda qo‘shimcha materiallardan foydalangan holda chuqur bilimga ega bo‘lishlikni ta’minlash;
5. Mustaqil ishlarni tekshirish;
6. Bilimlarni mustahkamlashga oid misollar yechish – masalani yechish algoritmini tuzish, mustaqil ishni oraliq va yakuniy natijalarini tekshirish;
7. Qiziquvchanlikni oshirish – o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida turli savol-javob muhitini yaratish, o‘quvchilar faolligini oshirish;
8. Turli didaktik tarqatmalardan foydalanish vositasi.
9. Ma’lumki, ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, va animatsiya effektlar asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir deb ta’rif berilgan.

Yüklə 310,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin