Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163391
  1   2   3
Ilm-fan va innovatsiya 1040



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
140 
FITOTSENOZ VA SUKSESSIYA 
Oxnorova Iroda Baxtiyor qizi 
Yoʻldashaliyeva Nilufar Shavkatjon qizi 
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yoʻnalishi talabalari 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7989255
 
Annotatsiya:
Bizga ma’lumki, yerning hamma joyi o’simliklar bilan qoplangan. O’simliklar 
dunyosi fitotsenoz deb ataladi. Fitotsenoz – bir xil sharoitda birga yashaydigan o’simliklar 
guruhi. Ushbu tezis orqali biz sizga fitotsenoz va suksessiya haqida qiziqarli ma’lumotlarni 
taqdim etamiz. 
Kalit so’zlar: 
fitotsenoz, suksessiya, agrofitotsenoz, o’simlik, intensiv, migratsiya, 
fitotsenologiya.
Kirish. fitotsenoz — geobotanika va biogeotsenologiya boʻlimi (baʼzan geobotanika 
sinonimi). Oʻsimlik jamoalari, jamoa hosil qiluvchi oʻsimliklarning oʻzaro va biotsenozlarning 
boshqa komponentlari bilan aloqasini oʻrganadi. fitotsenozlarning tashkil togtishi, almashinib 
turishi, yer yuzasida tarqalishi va tasnifi bilan ham shugʻullanadi. Fitotsenozning paydo 
boʻlishi 19-asr oxirida oʻsimlik qoplamlari toʻgʻrisidagi tushunchalarning rivojlanishi bilan 
bogʻliq. 
Fitotsenoz bir necha yoʻnalishda rivojlandi. Nemis olimi A. Gumboldt Fitotsenozning geografik 
yoʻnalishini asoslab bergan. Mazkur yoʻnalishning rivojlanishida rus olimi V. V. Dokuchayev, 
rus geobotaniklari G. N. Visotskiy, A. Ya. Gordyagin, B.A.Kellerning xizmatlari katta. 19-asrga 
kelib fitotsenozning tuzilishi haqidagi materiallar toʻplandi (avstraliyalik botaniklar Y. Lorens, 
1858; A. Kerner, 1863; finlyandiyalik botanik R. Xult, 1881 va boshqalar). ZXalqaro botanika 
kongressidan (1910) keyin elementar taksonomik birlik sifatida assotsiatsiya kabul qilindi, 
fitotsenozlarni oʻrganish va assotsiatsiyalarga ajratishda har xil yoʻnalishlar shakllandi. 
Yerdagi oʻsimliklarga oid ekologik tadqiqotlar G. Valter ishlarida umumlashtirilgan. 
Fitotsenozlarni oʻrganishning biologik yoʻnalishini shveysariyalik botanik O. P. Dekandol 
asoslab berdi (1820, 1832). Bu yoʻnalish Ch. Darvinniig "Turlarning kelib chiqishi" (1859) 
asari nashr etilgach, rivojlana boshladi. Dekandol va Darvin izdoshlari oʻsimlik jamoalarining 
tarkibi, strukturasi va oʻzgarishi.faqat iklim va tuproq sharoiti bilan emas, balki oʻsimliklar 
oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bilan ham belgilanishini koʻrsatishgan. 19-asrning 70—80-
yillarida mazkur yoʻnalish rus olimlari N. F. Levakovskiy va S. I. Korjinskiy, soʻngra (20-asrda) 
G. F. Morozov va V. N. Sukachev ishlarida rivojlantirildi. Fitotsenozlardagi oʻsimliklar oʻzaro 
aloqasining oʻrganilishi eksperiment al fitotsenozni yuzaga keltirdi. Fitotsenoz grekcha soʻz 
boʻlib, fiton oʻsimlik, koinos umumiy degan maʼnoni anglatadi va oʻsimliklar qavmi, birlashib 
yashovchi oʻsimliklarning tabiiy guruhidir. Fitotsenoz-nisbatan bir xil muhitda bir-biriga 
moslashib, jamoa boʻlib yashaydigan oʻsimlklar majmui. Fitotsenozni tashkil qiluvchi 
oʻsimliklar oʻz faoliyatida muhitga katta taʼsir koʻrsatadi va uni oʻzgartiradi. Oʻsimliklar tashqi 
muhitdan oʻzi uchun zarur boʻlgan moddalarni oʻzlashtiradi, tashqi muhitga esa moddalar 
almashinuvi 
mahsulaotlarinimahsulotlarini 
chiqaradi. 
Fitotsenoz 
biotsenoz 
va 
biogeotsenozning eng faol qismi hisoblanib, quyosh nuri energiyasi va atmasferadagi azotni 
oʻzlashtiradi. Fitotsenoz inson uchun oziq moddalar va energiya manbai hisoblanadi. 
Fitotsenoz taʼlimotini oʻrganadigan fan fitotsenologiya deb ataladi. V.N.ASukachev va 
P.D.Yaroshenkolar ning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjalik ekinlari; bugʻdoy, arpa, paxta, sholi 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin