Burg‘ilash minoralarini ta’mirlash
Burg‘ilash minoralarini ta’mirlash – har ikki oyda bir marta muntazam
ravishda ta’mirlab turishga mo‘ljallangan tadbirlar majmui.
Burg‘ilash minoralarini quyidagi holatlarda ta’mirlanadi:
a) mustahkamlovchi quvurlar birikmasini burg‘ilash qudug‘iga tushirishdan
oldin;
b) tutish ishlaridan oldin va keyin;
d) kuchli shamoldan keyin;
e) burg‘ilash minorasini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishdan oldin va
keyin;
f) neft va gazning ochilishi namoyon bo‘lganda.
Nazorat savollari
1. Burg‘ilash minorasi tarkibiga qanday jihozlar kiradi?
2. Burg‘ilash quvurlari birikmasini quduqqa tushirib-ko‘tarishda qanday
qurilmalardan foydalaniladi?
3. Burg‘ilash minorasidan foydalanish jarayonida nimalarga e’tibor berish
kerak?
4. Burg‘ilash minoralarni yig‘ish, qismlarga ajratish va ta’mirlash deganda
nimani tushunasiz?
Adabiyotlar
1. Аминов А.М. Нефт ва газ қудуқларини қуриш асослари. Тошкент,
«Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти нашриёти», 2010.
2. Аминов А.М., Нурматов У.Д. Нефт ва газ қудуқларини бурғилаш.
Тошкент, 1999.
3. Вадецкий Ю.В. Бурение нефтяных и газовых скважин. — М.: ACADEMA
2003.
Dostları ilə paylaş: |