Ikkilamchi guruhlash



Yüklə 81,92 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü81,92 Kb.
#161648
  1   2
Ikkilamchi guruhlash.


IKKILAMCHI GURUHLASH.

Reja:
1. Statistik guruhlar turlari. Ikkilamchi guruhlash.
2. Statistik jadvallar to’g’risida umumiy tushuncha, ularning turlari va ularni tuzishning asosiy qoidalari.
3. Statistik grafiklar haqida tushuncha va ularning unsurlari
Foydalanilgan adabiyotlar

Statistik guruhlar turlari. Ikkilamchi guruhlash

Statistikada guruhlash usuli har xil masalalarni yechish uchun qo’llaniladi va bu guruhlash yordamida quyidagi vazifalar hal etiladi:



  1. O’rganilayotgan hodisalarni ijtimoiy-iqtisodiy tiplari bo’yicha ajratib o’rganish;

  2. O’rganilayotgan hodisalarning tarkibiy tuzilishiga tavsifnoma berish;

  3. O’zgaruvchan belgilarning bir-biriga bog’liqligini o’rganish.

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda statistikguruhlashni quyidagi turlarga bo’linib o’rganiladi:
- Tipologik guruhlash. Bunda o’rganilayotgan to’plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Masalan, aholining sinfiy va milliy tarkibi, xalq xo’jaligining tarmoqlarga bo’lish, korxonalar tipi va ularning qaysi yo’nalishda ixtisoslashganligi, qishloq xo’jaligi qaysi mulkchilik shakliga taaluqli ekanligi va shu kabilar tipologik guruhlashga misol bo’la oladi.
- Tuzilmaviy guruhlash. Bunda o’rganilayotgan to’plamning bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo’lgan guruhlar (birliklar) ning salmog’i hisoblanadi va shu to’plam tarkibi o’rganiladi. Masalan, shahar va qishloq aholisining umumiy aholi sonidagi salmog’i, mavjud asosiy fondlar tarkibi, investisiyaning tarkibi va shu kabilar tuzilmaviy guruhlashga misol bo’la oladi. (1, 2 jadvallarga qarang):
1-jadval
O’zbekiston aholisining yosh tuzilmasi (2008 yil)

t/r

Aholisining yosh bo’yicha guruhlari


Jami aho-li (ming kishi)

Shu jumladan %

shaharda

qish-loqda

1.

Mehnatga qobiliyatli yoshga qadar (16 yoshgacha)

10849,0

33,0

67,0


2.

Mehnatga qobiliyatli yoshdagilar (16-60 yoshdagi erkaklar va 16-55 yoshdagi ayollar)

12366,0

41,6

58,4


3.

Mehnatga qobiliyatli yoshdan oshganlar (55-60 yoshdan oshganlar)

1935,0

47,2

52,8


Jami aholi soni

25150,0

39,8

60,2

2-jadval
O’zbekiston respublikasining shahar va qishloq aholisining tuzilmasi

Yillar

Jami aholi (ming kishi)

Shu jumladan, %

shahar aholisi

qishloq aholisi

1997

23444,0

38,2

61,8

2000

24488,0

38,7

61,3

2003

25150,0

39,8

60,2

- Analitikguruhlash. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi ikki va undan ortiq belgilar o’rtasidagi bog’lanish o’rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo’yicha amalga oshiriladi. Masalan, 1-ga yerga sepilgan o’g’it miqdori oshishi (omil belgisi) 1-ga yerdan olingan hosildorlik (natijaviy belgi)ning oshishiga olib keladi (buni 80-betdagi 4-jadvalda keltirilayotgan ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz).


4-jadval
Urgut tumanida tamaki yetishtiruvchi xo’jaliklari bo’yicha quyidagi ma’lumotlari berilgan (2003 yil hisobotlari bo’yicha):

T/r



Tamakining hosildorligi, s/ga

Tamaki ekish uchun ajratilgan maydoni, ga

Sarflangan o’g’it miqdori (sof holda), s/ga

1.

II. 24,3

936

2,20

2.

III.25,4

915

2,30

3.

II. 23,8

850

2,25

4.

II. 22,1

750

2,40

5.

II. 24,5

840

2,40

6.

II. 22,1

650

2,90

7.

I. 20,5

740

2,30

8.

II. 22,4

830

2,10

9.

II. 23,4

740

2,05

10.

II. 22,6

890

2,08

11.

I. 19,8

880

2,05

12.

I. 20,5

780

2,07

13.

III. 24,9

915

2,35

14.

III. 25,9

845

2,45

15.

III. 27,5

750

2,50

16.

III. 24,7

730

2,45

17.

II. 21,7

650

2,30

18.

I. 18,5

745

2,37

19.

I. 19,6

840

2,35

20.

I. 20,1

750

2,35

Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar asosida:



  1. Tamaki hosildorligi bo’yicha xo’jaliklarni uch guruhga bo’lib chiqamiz;

  2. Har bir guruhdagi xo’jaliklar soni, ekin maydoni, yalpi hosil, hosildorlik va 1 ga maydonga sepilgan o’g’it miqdorini;

  3. Har bir guruhdagi xo’jaliklar va tuman bo’yicha tamaki ishlab chiqarilishini yanada oshirish imkoniyatlarini;

  4. Qisqacha xulosa yozing.

- Endi yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagilarni hisoblaymiz:

  1. Tamaki hosildorligi bo’yicha xo’jaliklarni uch guruhga bo’lish uchun dastlab oraliq kattaligini aniqlash uchun quyidagi formula qo’llaniladi:

teng bo’ladi

  1. Endi guruhlar bo’yicha oraliq intervalni hisoblab topamiz:

  1. 18,5 - 21,5 s/ga

  2. 21,6 – 24,5 s/ga

  3. 24,6 – 27,5 s/ga

III. Har bir guruhga tegishli xo’jaliklar bo’yicha xo’jaliklar soni, ekin maydoni, yalpi hosil, hosildorlik va 1 ga maydonga sepilgan o’g’it miqdorini quyidagi yordamchi statistik jadvallar orqali aniqlab chiqamiz:
I -guruh:
18,5-21,5 s/ga tegishli xo’jaliklar bo’yicha:

Xo’ja-liklar



xo’ja-liklar soni

Ekin may-doni, ga

hosil-dorlik, s/ga

Yalpi hosil, s

1 ga sarflan-gan o’g’it miqdori, s/ga

Jami sarflan-gan o’g’it miqdori, s

1

2

3

4 (5:3)

5 (3X4)

6 (7:3)

7 (3∙6)

7

X

740

20,5

15170

2,30

1702

11

X

880

19,8

17424

2,05

1804

12

X

780

20,5

15990

2,07

1615

18

X

745

18,5

13783

2,37

1766

19

X

840

19,6

16464

2,35

1974

20

X

750

20,1

15075

2,35

1763

jami va o’rtacha

6

4735

19,8

93906

2,24

10620


II guruh:
21,6-24,5 s/ga tegishli xo’jaliklar bo’yicha:

Xo’ja-liklar


xo’ja-liklar soni


Ekin maydoni, ga


hosil-dorlik, s/ga


Yalpi hosil, s



1 ga sarflangan o’g’it miqdori, s/ga

Jami sarflan-gan o’g’it miqdori, s

1

2

3

4(5:3)

5 (34)

6 (7:3)

7 (36)


1

X

936

24,3

22745

2,20

2059

3

X

850

23,8

20230

2,25

1913

4

X

750

22,1

16575

2,40

1800

5

X

840

24,5

20580

2,40

2016

6

X

650

22,1

14365

2,90

1885

8

X

830

22,4

18592

2,10

1743

9

X

740

23,4

17316

2,05

1517

10

X

890

22,6

20114

2,08

1851

17

X

650

21,4

13910

2,30

1495

Jami va o’rtacha

9

7136

23,1

164427

2,28

16279

III. guruh:
24,6 – 27,5 s/ga tegishli xo’jaliklar bo’yicha:

Xo’ja-liklar


xo’ja-liklar soni


Ekin maydoni, ga


hosil-dorlik, s/ga


Yalpi hosil, s



1 ga sarflangan o’g’it miqdori, s/ga

Jami sarflan-gan o’g’it miqdori, s

1

2

3

4(5:3)

5 (34)

6 (7:3)

7 (36)

2

X

915

25,4

23241

2,30

2105

13

X

915

24,9

22784

2,35

2150

14

X

845

25,9

21886

2,45

2070

15

X

750

27,5

19875

2,50

1875

16

X

730

24,7

18031

2,45

1789

Jami va o’rtacha

5

4155

25,5

105817

2,40

9989


Ikkilamchi guruhlash statistik axborotning muhim usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. U ikki usulda amalga oshiriladi:

    1. Umumiy yig’indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog’ini aniqlash yo’li bilan;

    2. Birlamchi guruhlar intervallarining miqdorini ixchamlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Demak, statistik birlamchi guruhlash dastlabki statistik ma’lumotlar bo’yicha amalga oshirilsa, ikkilamchi guruhlash orqali esa dastlabki guruhlash oraliqlarining yiriklashtirish yo’li bilan va oraliqlarning nisbatiga asoslanib, yangi guruhlarni hosil qilish usullarida amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda har ikkala usulni ham juda keng qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, tadqiqotchi qo’lida turlicha dastur va metodologiya asosida hisoblangan ma’lumotlar salmoq ko’rinishida bo’lgan hollarda ikkilamchi guruhlashning ikkinchi yo’li keng qo’llaniladi.
Guruhlash oralig’ining yiriklashtirish yo’li bilan ikkilamchi guruhlash usulini quyidagi shartli raqamlar misolida ko’rib chiqamiz.
(5,6,7,8 jadvallarga qarang):
5-jadval
Ikki fermer xo’jaligida ishlovchilarning bir oylik ish haqi darajasi bo’yicha taqsimlanishi
Bu jadvalda keltirilgan ikki fermer xo’jaligidagi ishlovchilarning bir oylik ish haqi darajasining taqsimlanishini bir-biriga taqqoslab bo’lmaydi, chunki bu taqsimlash qatorlarining intervallari har xildir.
Bularni bir xil interval qatorga, taqqoslama holga keltirish uchun ikkilamchi guruhlashni amalga oshiramiz (6-jadvalga qarang):
6-jadval
Ikki fermer xo’jaligida ishlovchilarning bir oylik ish haqi darajasi bo’yicha ikkilamchi guruhlash ma’lumotlari

Ishlovchilarning ish haqi darajasi bo’yicha qayta guruhlangan guruhi, (m.s.h.)

Ishlovchilarning salmog’i (jamiga nisbatan foizda)

1-xo’jalik bo’yicha

2-xo’jalik bo’yicha

6,0 - 8,0

(5+12)=17

(4+10)=14

8,0-10,0

(18+26)=44


(30+21 )=37

10,0-12,0


(25+7)=32




12,0-14,0


(4+3)=7




14,0-16,0

-

4

Jami

100

100

Bu ikkilamchi guruhlash amalga oshirilgandan so’ng, ushbu xo’jaliklar bo’yicha olingan ma’lumotlar asosida ishlovchilarning bir oylik ish darajalariga tavsifnoma berilib, kerakli bo’lgan xulosa va takliflar ishlab chiqiladi.
Endi tumandagi bir xo’jalik bo’yicha quyida keltirilayotgan shartli ma’lumotlar asosida ikkilamchi guruxlashni amalga oshiramiz (7-jadvalga qarang):
7-jadval
Xo’jalikning uy xo’jaliklari bo’yicha guruhlanishi

xo’jalikda uy xo’jaliklari soni bo’yicha guruhlangan guruhi

Briga-dalar soni



Ekin maydon-lari, ga

Jami yig’ishtirib olingan paxta, s

Paxta
hosil-dorligi, s/ga

20 gacha

1

45

1012

22,5

21-30

2

105

2520

24,0

31-75

7

400

10560

26,4

76-150

4

160

4320

27,0

151-300

3

150

4275

28,5

300 dan ortiq

2

91

2730

30,0

Jami

19

951

25417

26,7

Agarda tumanning boshqa xo’jaliklarida uy xo’jaliklari soni bo’yicha quyidagi guruhlar bo’yicha guruhlangan
25 gacha
26 – 50 gacha
51 - 100 gacha
100 - 300 gacha
300 dan ortiq bo’lsa, u holda ushbu xo’jaliklarga mos ravishda to’g’ri kelgan guruhlash intervali olinishi kerak bo’ladi, ya’ni:
25 gacha bo’lgan uy xo’jaliklari bo’yicha:
20 gacha bo’lgan barcha uy xo’jaliklari va 21 dan 30 gacha bo’lganlarning yarmisi olinadi, u holda birinchi guruhga 2- ta brigada kiradi. Ularning ekin maydoni va jami hosili quyidagicha aniqlanadi:
a)
b) 45+ (105·0,5)= 97 ga
v) 1012 + (2520·0,5)=2272 s
26-50 gacha bo’lgan uy xo’jaliklari bo’yicha:
Bunga oldingi guruhdagi qolgan yarim uy xo’jaliklar va 4/9 uchinchi guruhdagi uy xo’jaliklari bo’yicha olinadi (bu yerda 100 31-75 intervalni 4:9 munosabatda bo’lib turadi):
a)
b) ga
v) s
51-100 gacha bo’lgan uy xo’jaliklari bo’yicha:
Bunga oldingi guruhdagi qolgan uy xo’jaliklari va keyingi guruhdagi (75-150) xo’jaliklarining uy xo’jaliklari bo’yicha olinadi:
a)
b) ga
v) s
101 – 300 gacha bo’lgan uy xo’jaliklari bo’yicha:
Bunga oldingi guruhda qolgan uy xo’jaliklari va keyingi (151-300) uy xo’jaliklari bo’yicha barchasi olinadi:
a)
b) ga
v)
Endi bu hisoblangan ikkilamchi guruhlash natijalarini 8-jadvalda keltiramiz:
8-jadval
Uy xo’jaliklari soni bo’yicha ikkilamchi guruhlashning umumlashtirilgan ma’lumotlari

Xo’jalikda uy xo’jalik-larining soni bo’yicha guruhlangan guruhi

Briga-dalar soni

Ekin maydoni, ga

Jami yig’ishtirib olingan paxta hosili, s

Paxta hosildor-ligi, s/ga

1

2

3

4

5 (4:3)

25 gacha

2

97

2272

23,4

26 - 50

4

230

5953

25,9

51 - 100

5

276

7307

26,5

101 - 300

6

257

7155

27,8

300 dan ortiq

2

91

2730

30,0

Jami va o’rtacha

19

951

25417

26,7

Ushbu hisoblangan jadvaldan hisoblangan ko’rsatkichlar shuni ko’rsatib turibdiki, ikkilamchi guruhlash ma’lumotlari yetarli darajada umumiy qonuniyatni ifodalab turibdi, ya’ni guruhlar bo’yicha paxta hosildorligi oshib borishini ko’rish mumkin.
Shu bilan birga xalq xo’jaligining tarmoqlari (masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va hokazo), qishloq xo’jaligining o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari, asosiy fondlarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari bo’yicha ham birlamchi va ikkilamchi guruhlashni amalga oshirish mumkin bo’ladi.


Yüklə 81,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin