«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati: 
1. www.expert.psychology.ru
2. www.psycho.all.ru
3. www.psychology.net.ru
4. www.psy.piter.com

4 - ma’ruza. SHAXSNING IJTIMOIY FAOLLIGI. IJTIMOIY XULQ MOTIVATSIYASI. 
ANGLANGAN VA ANGLANMAGAN MOTIVLAR. 
REJA:
1.Shaxs va uning faolligi 
2.Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy xarakatlar. 
3. Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivatsiyasi . 
4. Motivlarning turlari 
5. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. 
 
MAVZU YUZASIDAN TANYACH SO‘ZLAR:


Shaxs faolligi, tashqi faollik, ichki faollik,faoliyat, perseptiv xarakat,mnenik 
faoliyat,fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko‘nikma, motiv, ijtimoiy ustanovka. 
 
GLOSSARIY: 
Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib 
beruvdi psixologik sabablar majmuini bildiradi. 
Perseptiv - ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va 
xodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi; 
Mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning 
eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi; 
Fikrlash faoliyati - aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va 
jumboqlarni yedishga qaratilgan faoliyat; 
Imajitiv - (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda 
hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini 
anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. 
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamdi faoliyat 
turlaridan biri.
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar 
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat 
normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolü o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu 
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. 
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi 
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shishdir. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin