Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə38/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

MAKTABGACHA 
YOSH 
DAVRI 
IJTIMOIY 
HAYOT 
ME’YORLARINI EGALLAY BOSHLASH DAVRI 

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual oʼsishida namoyon


boʼladigan miqdor va sifat oʼzgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski
sifatlardan yangi holatlarga oʼtish, yangilanish, yangining paydo boʼlishi, eskining
yoʼqolib borishi, miqdor oʼzgarishining sifat oʼzgarishiga oʼtishini ifodalaydi.
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni oʼrtasidagi kurashdan iboratdir.
«Shaxs» tushunchasi insonga taalluqli boʼlib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boʼlgan jamiyatning aʼzosini
ifodalashga
xizmat
kiladi.
Individ shaxs boʼlishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, oʼzini yaxlit inson sifatida
xis etishi, oʼz xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmogʼi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh
subʼekti va obʼekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarining isteʼmolchisi va ularni amalga
oshiruvchi
sifatida
taʼriflanadi.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy taʼlimotga
asoslanadi. Аyni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda taʼsir etadi, ularni
birbiridan ajratib boʼlmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi,
bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham taʼsir
etadi. Inson butun umri davomida oʼzgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
boʼlsa, u jamiyat aʼzosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar
tizimida uziga munosib oʼrin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya taʼsiri ostida
boradi. Shaxsning fazilatlarini toʼgʼri koʼrish va bexato baholash uchun uni turli


2 kurs talabasi (………)


103
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirshi vazifasini
toʼgʼri xal etish uchun uning xulqiga taʼsir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini
yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali taʼsir etishi uchun oʼsish va rivojlanish
qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib,
rivojlanish
va
tarbiya
oʼrtasida
ikki
tomonlama
aloqa
mavjud.
Fanda individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning
taʼsiri oʼrtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara koʼpdan buyon davom
etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning taʼsiri
kuchli boʼladimi yoki tabiiy omillar yetakchi oʼrin tutadimi? Balki tarbiyaning
taʼsiri yuqoridir? Ular oʼrtasidagi oʼzaro munosabat qanday? Fanda biologik
yoʼnalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi oʼrinlardan birini egallab, uning
vakillari Аristotelь, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qoʼyadi. Ular tugʼma
imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi oʼrnini belgilab bergan, degan
gʼoyani ilgari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi
namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy
muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi . Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim
bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan boʼlib, uning namoyondalari, ong va
aqliy qobiliyat nasldan-naslga oʼtib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi .
Mazkur taʼlimot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning
vakillari D.Dyui, А.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan
asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy oʼzgarishdan iborat, deb qaraydi.
Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega
deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bogʼlaydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil
bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u
yashaydigan muhitta bogʼliq deb koʼrsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan
sharoitdagi barcha tashqi taʼsir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli
bolani oʼzi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa
kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi.
Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning


2 kurs talabasi (………)


104
shaxs boʼlib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola
yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya
ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning taʼsirini aniqlashda ilgʼor pedagogik
olimlar, psixolog va faylasuflar taʼlimotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat
bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular
individning maʼnaviy boyligi uning munosabatlariga bogʼliq, deb xisoblaydi.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati taʼsirida rivojlanadi, kamolga yetadi.
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa oʼz navbatida inson faolligini
namoyon etadi. Zero, shaxs maʼlum ijtimoiy hayot mahsulidir.



2 kurs talabasi (………)


105

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin