Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


Ijtimoiylashuv vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə35/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

Ijtimoiylashuv vositalari.
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan
universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va
g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni
o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma‘naviy madaniyat
unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek
oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p
sonli munosabatlari-muloqot, o‘yinlar, ma‘naviy-amaliy faoliyat, sport bilan
shug‘ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta‘qiqlar-man etish,
ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar
yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me‘yoriy qadriyatlarga
moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar,
tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport)dir.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat
turlari mos kelishi aniqlangan.


2 kurs talabasi (………)


87
Bolaning me‘yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu
muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh
davrlari qo‘llaniladi::
-go‘daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
-ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
- o‘smirlik davri-kasb ta‘limi faoliyati;
-o‘spirinlik
davri-shaxsiy
muloqot
faoliyati.



2 kurs talabasi (………)


88
O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISH 
TARIXI 

Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga


kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat-
ijtimoiy ximoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va
adabiy (Alpomish, Go‘ro‘g‘li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi
nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko‘ramiz. Keyinchalik VI-
VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma‘naviy,
axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasi tizimiga
ta‘sir ko‘rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy
almashuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o‘zaro munosabatlarning
shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo
rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma‘naviy va madaniy
hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab,
qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirishga yordam berdi.
―Avesto‖ va jamiyatning ijtimoiy hayoti Eramizdan oldingi minginchi
yillarning o`talarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik
mazmunidagi juda ko`p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo`lib, ular zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi «Avesto»ga kiritilgan.
Ma'lumotlarga ko`ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI
asrning boshlarida yaratilgan bqlib, to`liq kitob holida eramizdan avvalgi I asrda
shakllangan.
«Avesto»ni qadimgi davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy
fikrlari to`plangan dastlabki pedagogik asar deb hisoblash mumkin. Shuningdek,
tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta'kidlash bilan birga falsafa, siyosat,
ta'lim-tarbiya adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida ta'riflaydilar.
Manbalarda «Avesto»ning kitob holidagi matni eramizdan oldin, 12 ming
oshlangan mol terisiga oltin har flar bilan bitilgani keltiriladi. Zardushtiylik
ta'limoti aks etgan Zardushtning «Avesto» kitobi bizgacha 2-nusxada yetib kelgan.


2 kurs talabasi (………)


89
Birinchisi - duolar tuplamidan iborat bo`lib, «Vendidat- sede», ya'ni «Pok
Vendidat» deb ataladi . Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» ham kiritilib, yaxlit
tarzda shakllangan.
Ikkinchisiga birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered»lar qatori
ularning izohli tarjimasi «Zand» (sharx ma'nosida) kiritilgan. Shuning uchun ham
sharxli nusxasi «Avesta va Zend» yoki «Zend Avesta» deb yuritiladi.
Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik
va yomonlik dunyosi tushuniladi. Taqvodor chorvador odil, oqil va hurmatga
sazovor bo`lsa, katta podaga ega bo`ladi.
Chorvadorlar nazdida ko`chmanchilar dushman sanaladi. Chunki ular
odamlarni talaydi, molini haydab ketadi. Bular axloqsiz maxluqlarga o`xshatiladi,
ular azob-uqubatga loyiq, chunki ser hosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik
homiylariga hujum qiladilar. Demak, bulardan kqrinib turibdiki, shaxsning axloqiy
xislatlari birinchi o`ringa qo`yiladi. Zardushtning asosiy yo`riqlaridan biri ham
Axuramazdaning ko`makchisi sifatida inson saxovatli bqlishi kerak, degan
aqidadir. Garchi zardushtiylikda diniy rasm-rusmlarga rioya etish, Zardushtning
barcha axloqiy yo`l-yo`riqlarini bajarish har bir kishining muqaddas burchi deb
qaralsa ham, ayni paytda dunyoviy ishlar ham targ`ib etiladi.
«Avesto»ning katta qismi bo`lgan «Yasna»larda inson kamolini ko`rsatuvchi
axloq-odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)-yaxshi fikr, xukta (gukta)-
yaxshi so`z va Xvarsha (Gvarshta)- yaxshi ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr,
yaxshi sqz, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat
Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» Zardusht ta'limotida 15 yosh
balog`at yoshi sanalgan. Usmir balog`at yoshiga yetganda Zardusht qonunlari,
axloqiy yo`riqlari o`rgatilgan. Usmirlarning xudojo`y, mehnatkash, adolatli, uy-
niyatlari, so`zlari, ishlarida halollikka alohida e'tibor berilgan.
Zardushtiylikning axloqiy yo`riqlariga binoan insonning o`z burchini xis
etishining eng birinchi belgisi ma'naviy poklik hisoblangan.


2 kurs talabasi (………)


90
Bunda ayniqsa, ayollarga, jumladan homilador ayollarga g`amxo`rlik qilish
asosiy insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish - insonning o`z tozaligiga
rioya qilishi, kanallar, ko`llar, suv havzalarining tozaligiga alohida e'tibor berilgan.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda rostgo`ylik, qaqiqat, demokratiya, o`z
huquqini bilish va talab etish doimo muqim ijtimoiy masalalarning biri bo`lib
kelgan.
Shu manoda ―Avesto‖dek nodir yodgorlik ayniqsa ijtimoiy-pedagogik
masalalarni tarixiy nuqtai nazardan yoritganligi bilan aloqida aqamiyat kasb etadi.
Yunon tarixchisi Gerodotning ta'kidlashicha Markaziy Osiyoda qaqiqatga,
tartibga siqinish zardushtiylik dini shakllangunga qadar qam mavjud bo`lgan,
haqiqatga sajda qilish-do`stga bo`yin egish bu buyuk qonun hisoblangan. Bu
marosimlarda yigitlar qilichlar bilan qo`llaridan qon chiqazib, do`stga sodiq qolish
uchun qasamyod qilganlar. Shuningdek, ―Avesto‖ da jamiyat bir butun ijtimoiy
tuzum sifatida tasvirlanadi. Bunda davlat muassasalari bilan birga jamoat
tashkilotlari bahamjihat faoliyat ko`rsatishlari kerakligi ta'kidlanadi. Ijtimoiy
hayotda jamiyatni boshqarish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Jamiyatni
boshqarish uchun Ilohiy Nizom va Odil Nizom zarurligi aytilib, davlat
mahkamalari va jamiyat tashkilotlaridagi barcha yo`nalishlar shu Nizomlar
doirasida faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi.
Ilohiy Nizom talablari ―Avesto‖ ning ―Vendidod‖ va ―Xot‖ qismlarida
bayon etilgan. Ilohiy Nizomga ko`ra odam faoliyatining barcha yo`nalishlari
ezgulik ruhi bilan sug`orilgan bo`lishi shart.
Podshoh va vazirlar muhim, davlat ahamiyatiga molik ishlar bilan band
bo`lganlar. Mahalliy o`z-o`zini boshqarish mahkamalari samarali ishlashi uchun
unga yordam berganlar, ammo ularning ichki ishlariga xuda-behudaga
aralashmaganlar. Bu hol mahalliy mahkamalar va ―erkaklar uylari‖ kabi (hozirgi
choyxonalar) jamoat muassasalari ma'suliyatini oshirishga imkon tug`dirgan. Har
bir odamning fe'l-atvori, hatti-harakati, butun faoliyati jamoatchilik nazorati ostida
bo`lib, ularning musbat va manfiy jihatlari belgilashning aniq mezonlari bo`lgan.
Atrof-muhit tozaligi va jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar


2 kurs talabasi (………)


91
nazorat qilib borganlar. Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar,
ularni avvalo tartibga chaqirgan, qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Daraxtning bir shoxini sindirgan ham, nopok ko`zani hovuzga solgan ham 25
qamchi kaltak bilan jazolangan.
Er xotinning bir-biri bilan kelisha olmasligi, kelinning qaynonaga
yoqmasligi, fitna, bo`xton, chaqimchilik tufayli oilalarning buzilib ketishiga
mahalla ko`y va jamoatchilik sira yo`l qo`ymagan. Zonokorlik qattiq qoralangan.
Zinokor 14 ta ariqqa ko`prik solib berish bilan o`z gunohlarini yuvishi mumkin
bo`lgan. Har bir sog`lom inson diniy talab va Nizomni bekamu-ko`st bajarish bilan
birga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanishi shart bo`lgan. Gunoh ish
qilganlar jamoatchilik nafrati metodi bilan jazolangan.
―Avesto‖ da shu kabi ko`plab ijtimoiy pedagogik muammolar o`z ifodasini
topgan.
Jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste'dodini
baxshida etishga tayyor turgan yetuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoiylar
bo`lmasa,O`zbekistonni dunyodagi eng ilg`or davlatlar safiga qo`shish qiyin
kechadi.
Yoshlarni tarbiyalashda birinchi galda Sharq va G`arb mutafakkirlarining
ma'naviy va madaniy meroslari katta ahamiyat kasb etadi. Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayxon Beruniy, Axmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Ismoil Al Buxoriy,
Abu Abu Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari
alloma va mutafakkirlarimizning shuningdek G`arb allomalarining ham ijtimoiy -
siyosiy va falsafiy ta'limotlariga tayanib ish ko`rilsa tarbiya ta'sirchanligi yanada
samarali kechadi. Ular ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga doir o`z
qarashlarini bildirib o`tganlar. Aynan ―Ijtimoiy pedagogika‖ degan atamani o`z
ijodlariga foydalanmagan bo`lsalarda, ijtimoiy hayotimizning, atrof-muhitning
insonlarga, ularning ma'naviy dunyosiga ta'sirini atroflicha yoritib berganlar.
Islomdagi ma‘naviy-axloqiy o‘gitlarining ijtimoiy mazmuni.
So‘ngi paytlard respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining manbalari
doirasini kengaytirishni taklif qilishmoqda. ―Evropa pedagogikasida tarbiya uchun


2 kurs talabasi (………)


92
zarur bo‘lgan umuminsoniy xislatlarning mavjudligini tan olgan holda. YAn Amos
Komenskiy, Ushinskiy, Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e‘tibordan
chetda qoldirmay, bizda ham boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi Beruniy, Forobiy,
Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Navoiy,Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori kabi
mashhur mutaffakkirlar borligini unutmasligimiz lozim. Bizning yoshlar ko‘p
yillar mobaynida ulardan, buyuk merosdan bebahra bo‘lishganligi esa achinarli
holdir.‖.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o‘tilgan shaxslarning barchasi
Beruniy, Farobiy va Navoiylardan tashqari bevosita islomga aloqador bo‘lishgan.
Imom Buhoriy (810-870) islom olamida mashhur hadisshunoslik olim hisoblanadi.
600000 hadis ichidan 7400 sahih hadisni tanlab olib, u ―Al-Jome‘ Sahih‖ kitobini
yozgan, bu asar Qur‘ondan keyingi o‘rinda turuvchi muqaddas kitob hisoblanadi.
At-Termiziy- eng yirik musulmon olimlaridan biri, 80 tadan ko‘p islom
tarixi, ta‘limoti, so‘fiylik nazariyasiga bag‘ishlangan asarlar yozgan. Uning
―SHamoyili Muhammadiya‖ (Muhammad hayoti) asari barcha diniy o‘quv
yurtlarida darslik hisoblanadi. Bu yerda gap diniy manbalar-avvalambor hadislarni
xalq boyligiga aylantirish haqida ketmoqda. Gap shundaki, aksariyat real hodisa va
voqealar islomning paydo bo‘lish davriga tegishli, biroq ularning katta qismi
islomning keyingi rivojiga bog‘liq. Hadislarning obro‘si bilan islomda
shakllanayotgan yangi tamoyillar, diniy, huquqiy, maishiy va ma‘muriy
amaliyotning barcha sohalari yoritilgan. Hadis shaklida islomga madaniy va
g‘oyaviy merosning ko‘pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur‘on va islomdan
tashqarida mavjud bo‘lmaydi.
Islom monoteistik din, ya‘ni uning mazmuni yagona xudo-Allohga iymon
keltirishdir. Bu dinning asoschisi Muhammad (sav) hisoblanib (570-632) u ushbu
dinning payg‘ambari hisoblanadi. Musulmonlar o‘limdan keyingi hayotga
ishonishadi. Ularning muqaddas kitobi Qur‘ondir.
Qur‘on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur‘on yagona
kitob shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo‘q qilingan. Qur‘on
114 suradan iborat. Oddiy musulmon Qur‘onning murakkab suralarini faqatgina


2 kurs talabasi (………)


93
tafsirlar orqali tushunishi mumkin. Eng mashhur tafsirlar At-Tabariy,
Zamahshariy, Baydoviy, Fahriddin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli. Natijada
sunna-Qur‘onni mazmunini tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a‘zolari,
qabila a‘zolari orasidagi munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy
qoidalar sifatida ham qo‘llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig‘ish,
ularni ajratishga ko‘p olimlar o‘z umrlarini bag‘ishlaganlar. Islomga muvofiq
Qur‘on barcha musulmonlar bo‘ysunishlari lozim bo‘lgan muqaddas kitobdir.
Muhammad (sav) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz oilaviy
sunnalar ham ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi payg‘ambarga
o‘xshashga harakat qilish bulgan. Bu o‘xshashlik nafaqat milliy tamoyillarni qabul
qilish balki marosimlar, odatlarni ham qamrab olgan. Qur‘on aslida ijtimoiy-
huquqiy qoidalar yig‘indisi hisoblanadi. Qur‘on nafaqat SHarqda balki yevropada
ham nihoyatda e‘zozlanadi.
VII asrning o‘zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab
oluvchi insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e‘lon qildi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin