16.
IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINING JORIY ETILISHI
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va ta‘lim sohasida
keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zotan, mustaqillik
fikr-mulohazalarda ozod, o‘z haq-huquqini yaxshi taniydigan, izlanuvchan,
zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning
har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib
yashaydigan, o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda
ko‘radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi.
Respublikamiz Sobiq Ittifoq tarkibida davrida uning ta‘lim tizimi
markazlashtirilgan, milliy mintaliteti e‘tiborga olinmagan, o‘ta mafkuralashgan,
zarur kasbiy yo‘naltirishga e‘tibor berilmagan edi. Mustaqillikning ilk
kunlaridanoq mavjud ta‘lim sohasidagi ijobiy natijalarni saqlab qolish va
o‘tmishdan qolgan merosning salbiy jihatlarini hamda o‘tish davri bilan bog‘liq
qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqichlik asosida jiddiy choralar
ko‘rish zarur edi. Shu nuqtai nazardan muhtaram Prezidentimiz ta‘lim-tarbiya
masalasiga kuyunchaklik, diqqat, qat‘iyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab
talim va tarbiya masalalariga bog‘liq ekanligini ham ilmiy-nazariy, ham amaliy
jihatdan asoslab berdi.
Mamlakatimizning birinchi rahbari Islom Karimov yosh avlod ta‘lim-
tarbiyasi haqida davlatning bosh islohatchilik roli to‘g‘risida to‘xtalar ekan,
“Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan
yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va Yuksak ma‘naviyatli
insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng
birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma‘lumoti va ma‘naviyati
haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur‖ ekanligini qayd etad.
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalaridagi tub o’zgarishlar.
Dostları ilə paylaş: |